Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Yorqin Nazarov: «Asosiy tarkibdagi o‘yinchilarning yarmida qishki mashg‘ulotlar paytida poydevor qo‘yilmagan»

Yorqin Nazarov: «Asosiy tarkibdagi o‘yinchilarning yarmida qishki mashg‘ulotlar paytida poydevor qo‘yilmagan»

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Lokomotiv” (1:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin uyushtirilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Yorqin Nazarov ishtirok etdi.

— “Lokomotiv”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Futbolchilar qo‘ldan kelganini qilishdi, ularga mana shunday issiq kunda o‘ynaganiga rahmat. Yutqazdik, nima deyman? “Lokomotiv” kuchli raqib, baribir tajribali o‘yinchilari foyda keltirdi.

— Hozirgi holatingizni tushunamiz. Lekin arzimas xato evaziga gollar o‘tkazildi va mag‘lub bo‘ldi. Goldan keyin ruhiy holatga tushib qolyapti...
— Yutqazgandan keyin jamoa ruhiy holatga tushib qoladi, to‘g‘ri. Uchrashuvdan avval ham shu mavzuda rosa gapirib-gapirib, ularni ruhlantirib tushirdik. Familiyasini ayta olmaymanu, to‘g‘ri aytyapsiz, oddiy vaziyatlarda xato qilishyapti, Bikmayev esa gol urib ketdi. Yana qaytaraman, yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Deyarli aytgan vazifamizni bajarishdi. Omadimiz kelmadi.

— Futbolchilarning ko‘zida nega “o‘t” chaqnamayapti? Shasht bilan o‘ynashmayapti? Maydonda faqat yurishyapti, yugurmayapti. Nega tezlik yo‘q?!
— Futbolchilarni oldiga ko‘rsatma berish uchun ikki marta chiqqanimda tilim qurib qoldi, gapira olmay qoldim va suv ichib oldim. Mana shunday issiq havoda shunchalik yugurishganiga rahmat. Kerak joyda tezlik bo‘ldi, qarshi hujumlarga ham o‘tdik. Hech kimga e’tiroz yo‘q. Faqat oddiy vaziyatlarda gol o‘tkazyapmiz. “Lokomotiv” o‘yin bo‘yicha katta ustunlik qilmadi, yigitlar mehnat qilishdi. Raqibning birinchi golida o‘zi vaziyat yaratmadi. Biz to‘pni oldirib qo‘ydik va gol urishdi. Darvozabonni ayblamayman. Bikmayev gol urganda ham shunaqa. Tajriba deb shuni aytishsa kerak-da!

— Mag‘lubiyatda o‘zingizni qanchalik aybdor deb his qilyapsiz?
— Men bosh aybdorman.

— Bu keyingi faoliyatingizga salbiy ta’sir qilishi mumkinmi?
— Bu ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Oldingi bosh murabbiy ketib, meni qoldirishganida qiyin bo‘lishini bilardim. Ammo shunga qaramay, jamoa qilamiz deb rozi bo‘lganman. Holbuki, jamoa kuchsizligini bilardim, boshida tajribaliroq o‘yinchilar olish kerak edi. Mag‘lubiyatni o‘z bo‘ynimga olaman. Futbolchilarda ayb yo‘q, faqat ularning ayrimlarida saviya past. Hali Superligaga mos emas.

— Jamoada almashtirib bo‘lmaydigan o‘yinchi bormi? Hali “Andijon”ning o‘yini yo‘q. Abdamannopovning individual mahorati evaziga gol urildi. “Lokomotiv” da esa o‘yin bor. Masalan, Saidazimov ikkita o‘yindan beri xato qilyapti, o‘rniga boshqa futbolchi yo‘qmi?
— Bu o‘yinda u xato qildi. Oldingi uchrashuvda boshqasi xato qildi. Undan avvalgisida esa yana boshqasi. To‘g‘ri, xato qilishyapti. Ammo savolni tushunmadim. O‘yin bo‘yicha kelsak, hammasi bizning rejamiz bo‘yicha bo‘ldi. Yigitlarga berilgan ko‘rsatma hamda vazifalar deyarli bajarildi. Kamron Saidazimov yaxshi o‘ynadi. Faqat birinchi golda uning xatosi bilan gol bo‘ldi. Boshqasini qo‘ysam, u xato qilmaydimi?! Ikkinchi golda kimni xatosi bo‘ldi, esingizdami? Qanot va markaziy himoyachilar xato qilishdi.  

— Boakega moslab taktika qilinmayapti...
— Sizga bitta narsa aytaman, balki shundan keyin bu kabi savollaringiz bo‘lmasa kerak. Dimov, Boake, Jaloliddinov, Abdumannopov, Ismoilov... bular chempionatga bir hafta qolganda qo‘shildi. Dimov aldamas ekan, u uch oy yugurmadim dedi. Shunday bo‘lsa ham bu yerga keldi va o‘ynayapti. Menimcha, u O‘zbekistondagi legionerlar orasida yaxshilaridan biri. Qolgan o‘yinchilar ham qishda yaxshi shug‘ullanishmagan. Qishda tayyorgarlik chog‘ida poydevor qo‘yiladi. Asosiy tarkibdagi yarim o‘yinchilarda qishki mashg‘ulotlar paytida ana shunday poydevor qo‘yilmagan. Chempionatdagi tanaffus paytida ularni jismoniy tomondan holatini yaxshilash zarur. Jamoani yarmi jismonan tayyor emas.

— Muxlislar sizdan nimanidir kutishyapti. Ularga nimani va’da bera olasiz?
— Rahbariyat boshqa murabbiyni ko‘rayotgan bo‘lsa, men rahmat deb ketaman. Uchta uchrashuvda qo‘limdan kelganini qildim. Agar meni qoldirib, ishlashda davom eting deyishsa, tanaffus paytida yaxshilab tayyorlanamiz va jamoani yuqoriga olib chiqishga harakat qilamiz. Futbolda nimaiki bilsam, hammasini ishga solaman, yutish uchun. Muxlislarni tushunib turibman. Ulardan uzr so‘rayman. O‘zim esa mavsum o‘rtasida narsalarimni yig‘ishtirib ketib qolmayman. Imkoniyat berishsa, futbolchilarni tayyorlab vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilamiz. 

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 05:47, 18.05.2021.
O'qildi: 1747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.