Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Zidan "Yuventus" murabbiyi bo‘ladi(mi?)

Zidan "Yuventus" murabbiyi bo‘ladi(mi?)

Baho:
+ | -

Zinedin Zidan “Real Madrid”ni ushbu yozda tark etmoqchi. Ushbu holat “Yuventus” uchun ayni muddao, sababi Zidan turinliklar uchun ideal qaror bo‘ladi.


“Real” Zinedin Zidanni ushlab qolish uchun barcha harakatlarni qilishi kerak, ammo fransuzning o‘zi ketishni xohlamoqda.

Agar murabbiy klubni o‘zgartirishga qaror qilsa, u holda “Yuventus” unga asosiy da’vogar bo‘lishi mumkin.


Turinliklarga yangi murabbiy kerak. Chunki Andrea Pirlo ikki kubok qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlamoqda.

Yosh murabbiy taxmin qilinganidek, qiyin vazifani uddalay olmadi, shu sababli “Yuventus” u bilan ishlashni davom ettirish uchun hech qanday sabab yo‘q.

Zidan ham Pirlo singari Turin jamoasining sobiq futbolchisi maqomiga ega. Biroq, fransuz, italiyalikdan farqli o‘laroq, murabbiylik tajribasini allaqachon muvaffaqiyatli egallagan.

“Yuventus” rahbariyati Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishni orzu qilmoqda va Zidan bu borada ustasi farangdir.

Lekin Zidanni yevropada eng kuchli murabbiy deb aytish mumkin emas. Chunki Zidan har doim resurslarni to‘g‘ri taqsimlab kelganligi uchun muvaffaqiyatga erishgan.

Zidan umuman Italiya futboli uchun juda mos tushadi. A Seriya bu ko‘p narsa taktikaga bog‘liq bo‘lgan turnir. Zidan bu sohada o‘zini mukammal mutaxassis sifatida ko‘rsatdi. Uning “Real”i o‘zining yorqin yuziga ega emas edi, ammo u to‘g‘ri taktik qo‘llash orqali raqibning zaif tomonlarini topishga muvaffaq bo‘ldi.


OAV xabarlariga ko‘ra, Andrea Agnelli haqiqatan ham Zidanni turinliklarga jalb qilmoqchi. Sababi Pirlo o‘z vazifasini yaxshi darajada bajara olmadi, bundan tashqari Superliga bilan bog‘liq mojarodan so‘ng “Yuventus” yetakchilik pozisiyasini yo‘qotdi.


Pirloning yaqinda ketishi haqida mish-mishlar allaqachon paydo bo‘lgan. Zidan taklif qilinishi bu Agnellini “Yuventus” rahbariyatini boshqarishda davom etishini ta’minlaydigan bir qadam bo‘ladi. Shu sababli, fransuzning “Yuventus”ga kelishi menimcha ancha oydinlashmoqda.

 

Agar Zidan “Yuventus”da ish boshlab YECHL chempioniga aylantirsa, ilgari futbolchi sifatida faoliyat olib borgan ikki klubini ko‘klarga ko‘targan bo‘ladi.

Kiritildi: 16:30, 20.05.2021.
O'qildi: 2555 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.