Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Premyer Ligaga o‘tishi mumkin bo‘lgan yulduzlar

Premyer Ligaga o‘tishi mumkin bo‘lgan yulduzlar

Baho:
+ | -

Keling siz bilan yaqin kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan transferlarni taxmin qilib ko‘ramiz.

Premyer-liga dunyodagi eng kuchli liga bo‘lib qolmoqda va bu yilgi ingliz jamoalarining yevrokubok finallaridagi ishtirokchilari soni ham buni tasdiqlaydi. 2021 yilning yozida ularning aksariyati jamoa safini kuchaytirishga harakat qiladi.

Yevropaning ko‘plab yetakchi futbolchilari yangi chempionatda o‘zlarini sinab ko‘rish istaklari borligini tan olishdi. Kimning Angliyaga ko‘chib o‘tishga real imkoniyatlari borligini ko‘rib chiqamiz.

Samuel Umtiti, "Barselona".

So‘nggi yillarda Samuel Umtitining faoliyati to‘xtab qoldi, ammo u Yevropaning eng yaxshi himoyachilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Unga yangi jamoa kerak va "Barsa" uni qo‘yib yuborishdan shunchaki xursand bo‘ladi. Qiziquvchilar orasida "Manchester Yunayted" ham bor.

Harri Maguayrga markaziy himoyada juftlikda o‘ynash uchun "qizil iblislar"ga markaziy himoyachi kerak, chunki na Viktor Lindelof va na Erik Bayi murabbiyni aytganlarini aniq bajara olishmayapti. Fransuz katta xarajat talab qilmasligini hisobga oladigan bo‘lsak,futbolchini kelasi mavsumdan yangi klubda ko‘rishimiz mumkin.

Ussem Auar, "Lion".

Ussem Auar o‘tgan yili yozdayoq "Arsenal" ga ko‘chib o‘tishi haqida ko‘plab gaplar bo‘lgandi,ammo yakunda u fikridan qaytdi va "Lion"da qoldi. Buning o‘rniga "Kanonirlar" Tomas Partey bilan shartnoma imzolashdi. Bu yil Auarni uchun yana kurashib ko‘riladi,lekin endi u "Liverpul"ning ham qiziqish doirasiga qo‘shildi.

Ussem Auar–Evropaning eng iqtidorli yarim himoyachilaridan biri va u 22 yoshli futbolchi uchun juda ko‘p katta tajribaga ega. Unga qiziqish katta ekanligi ajablanarli emas - axir biz Fransiya tarkibida Yevro-2020ning bo‘lajak ishtirokchisi haqida gaplashyapmiz.

Jeydon Sancho, "Borussiya Dortmund".

Auar singari, Sancho ham o‘tgan yili transferlar oynasi markazida bo‘lgan. "Manchester Yunayted" u uchun uzoq vaqt kurash olib bordi, u Angliya termasi futbolchisining transferini amalga oshirolmadi.


"Borussiya"ularning o‘yinchisi kamida 100 million funtga baholanishiga ishonishmoqda va "Manchester Yunayted" ushbu yozda uni arzonroqqa olish imkoniyati mavjud.CHunki tez orada inglizning shartnomasi o‘z yakuniga yetadi. Yurgen Klopp ham ancha vaqtdan beri sobiq klubi vakili uchun raqobatlashishni o‘ylab yuradi.

Erling Holand, "Borussiya Dortmund".

Bundesliganing yana bir yulduz hujumchisi oldingisidan ham qimmatroq turishi aniq. Darhaqiqat, Holand dunyodagi eng ko‘p talab qilinadigan futbolchilar doirasiga kiradi, ammo uni har qanday klub ham o‘z saflariga qo‘shib ololmaydi. Qiziquvchilar orasida "Chelsi", "Yunayted", "Real" va "Barselona" bor.

Hozircha norvegiyalikning narxi katta, ammo 2022 yilda u yangi klubiga atigi 75 million funtga tushadi. Ammo kutish uchun biron bir sabab bormi? Faqat tahmin qilish mumkin. Shuni unutmasligimiz kerakki, Mino Rayola - mijozlarini arzon pulga qo‘yib yuboradigan agent emas.

Rafael Varan, "Real Madrid".

Varan jamoasi bilan hali yangi shartnoma imzolagani yo‘q va ancha vaqtdan buyon "Manchester Yunayted" va "Chelsi" jamoalaridan unga qiziqish mavjud. Mish-mishlarga ko‘ra, u Tomas Tuxel uchun asosiy nishon.

28 yoshli futbolchida maqtanadigan mukofotlar va sovrinlar yetarlicha bor va "Real" uni kelasi yozda tekinga qo‘yib yubormoqchi emas. Demak, bitim tez orada amalga oshishi kerak.

Katta ehtimol bilan u Manchesterda yoki Londonda bo‘ladi. Ammo uning o‘zi boshqa jamoada harakat qilishni xohlaydimi yoki yo‘qligini aytish qiyin.

Kiritildi: 16:59, 22.05.2021.
O'qildi: 7471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.