26 may kuni «Vilyarreal» - «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasida Yevropa Ligasi finali bo‘lib o‘tadi.
Mazkur uchrashuvga «Qizil iblislar»ning afsonaviy murabbiyi Ser Aleks Fergyuson «Manchester Yunayted» bilan birgalikda musobaqaning hal qiluvchi uchrashuviga uchib ketgani ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ligasi yarim finalida «Manchester Yunayted» «Roma»ni mag‘lub etgan edi (6: 2, 2: 3).