Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

«Arsenal» yulduzi karantin qoidalarini buzib, bazmda qatnashgan

«Arsenal» yulduzi karantin qoidalarini buzib, bazmda qatnashgan

Baho:
+ | -

Ijtimoiy tarmoqlarda «Arsenal» yarimhimoyachisi Tomas Parti Londondagi tungi klublardan birida ko‘ngilxushlik qilayotgan videosi paydo bo‘ldi. Ushbu video shimoliy irlandiyalik model, Viktoriya Kovalshnyakning instagram profilida, dushanba, tungi soat 3 da joylangan.

Videoda yulduzning o‘zi va ko‘plab niqobsiz hamrohlari ishtirokida raqs tushayotgani hamda shampan ichkiligidan iste’mol qilishi aks ettirilgan. Eng qizig‘i, 27 yoshli ganalik futbolchi, bu ishni jamoasi yigirma besh yil ichida ilk marta yevrokuboklarsiz qolganidan bir necha soat o‘tib sodir etgan.

Angliyada tungi klublar faoliyati yuzasidan hali ham cheklovlar amal qilmoqda. Agarda kimdir 15 kishidan ortiq odam to‘planishiga sabab bo‘lsa, 800 funt jarimaga tortiladi. Bordiyu, kecha tashkilotchilari 30 dan ortiq odamni bir joyga yig‘gudek bo‘lsa, ishtirokchilardan 10 ming funtdan jarima undiriladi.

Cheklovlar amal qilayotgan bir paytda, Tomas Partining qoidabuzarligi ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ldi. «Arsenal» rahbariyati ushbu masala jiddiy ko‘rib chiqilishi haqida bayonot berdi.

London klubi muxlislaridan biri The Sun'ga bergan intervyusida: "Biz chorak asr ichida ilk marta yevromaydonda to‘p surishdan quruq qolyapmiz. Agar Tomasning o‘rnida bo‘lganimda undan ko‘ra uyda qolib, keyingi yili yaxshiroq o‘ynash kerakligi haqida bosh qotirgan bo‘lardim", deb afsus bilan fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Tomas Parti o‘tgan yili, Madridning «Atletiko» klubidan 45 million funt-sterling evaziga xarid qilingan edi.

Manba: www.thesun.co.uk
Kiritildi: 09:01, 26.05.2021.
O'qildi: 1726 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик