Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Aguero ketganidan so‘ng 10-raqam kimga qoladi

Aguero ketganidan so‘ng 10-raqam kimga qoladi

Baho:
+ | -1

Serxio Aguero «Manchester Siti»ni tark etadi. Argentinalik futbolchi «shaharliklar» bilan so‘nggi uchrashuvini - 29 may kuni bo‘lib o‘tadigan «Chelsi»ga qarshi Chempionlar Ligasi finalida o‘tkazadi.

Ayni paytda Aguero o‘zining 10-raqamini kimga qoldirishni xohlashi haqidagi savolga javob berdi.

«Menimcha, 10-raqamni Fil Fodenga berish kerak. Shunchaki Kevin de Bryuyne 17-raqamdan boshqa klublarda ham foydalangan va u buni o‘zgartirmaydi deb o‘ylayman. Filda ham juda ajoyib fazilatlar bor», - deydi argentinalik hujumchi.

Serxio Agueroning navbatdagi klubi «Barselona» bo‘lishi kutilmoqda. Xosep Gvardiolaning aytishicha, hujumchi kataloniyaliklar bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Manba: Manchester Evening News
Kiritildi: 21:16, 26.05.2021.
O'qildi: 11285 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик