Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Osiyo mintaqasining JCH—2022 saralashi reglamentiga o‘zgartirish kiritildi.

Osiyo mintaqasining JCH—2022 saralashi reglamentiga o‘zgartirish kiritildi.

Baho:
+ | -

Shimoliy Koreya (KXDR) terma jamoasining Jahon Chempionati—2022 va Osiyo Kubogi—2023 saralash bosqichidan chiqarilgani haqida xabar berilgandi.

Alisher Nikimbayev o'z telegram kanalida aytishicha, FIFA KXDRning saralashdan chiqarilgani sababli Osiyo qit’asi saralash bosqichi reglamentiga o‘zgartirish kiritgan.

Unga ko‘ra H guruhida ishtirok etgan KXDR terma jamoasining saralashni davom ettira olmasligi bois uning oldingi natijalari bekor qilingan. Shu sababli Turkmaniston terma jamoasi 3 ochkodan mahrum bo‘lgan va guruhda birinchi o‘rindan uchinchi pog‘onaga tushib ketgan.

Endilikda Osiyo qit’asida barcha guruhlardagi eng yaxshi ikkinchi o‘rinni olgan jamoalarni aniqlashda ularning beshinchi (so‘nggi) pog‘onani egallagan terma jamoalar bilan o‘yinlari natijasi bekor qilinadi.

Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi hozirda 9 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam Saudiya Arabistoni hisobida esa 11 ochko bor. O‘zbekiston 5-o‘rindagi Falastin bilan ikkita o‘yinini ham o‘tkazib bo‘lgan va ularning faqat bittasida g‘alaba qayd etilgan (birida mag‘lubiyat).

Agar Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan markazlashgan musobaqada O‘zbekiston uchala o‘yinda ham g‘alaba qozonsa, 18 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egallab keyingi bosqichga chiqadi. Ikkinchi o‘rin olinadigan bo‘lsa Singapur va Yamanning (ikkinchi o‘yinlarda ham) mag‘lub etilishi ehtimolini hisobga olib aytganda Falastinning 5-o‘rinni egallashi O‘zbekiston uchun manfaatliroq bo‘ladi.

O‘zbekiston terma jamoasining saralash bosqichida Singapur (7 iyun), Yaman (11 iyun) va Saudiya Arabistoniga (15 iyun) qarshi o‘yinlari qolgan.

Kiritildi: 22:25, 27.05.2021.
O'qildi: 3998 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик