Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

YECHL. Bugun final!

YECHL. Bugun final!

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi hal qiluvchi o‘yinida "Manchester Siti" va "Chelsi" bahsiga guvoh bo‘lamiz.

Dastlab translyasiya haqida. Albatta UZREPORT TV namoyish etadi. Ancha yildan beri finallarni sharhlab kelardim. Bu safar nasib qilmadi. Sababi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan Jahon chempionati saralash o‘yinlari o‘tkazish uchun safarga ketdik. Ayni vaqtda bu muhimroq. Qolaversa, hamkasblarim Xayrulla Hamidov hamda Hasan Turdaliyev ijrosidagi final o‘zgacha o‘tishiga ishonaman!

"Manchester Siti" milliardlab mablag‘ sarflab oxiri o‘sha shalpangquloq kubokka maksimal yaqinlashdi. Birinchi bor. Bu motivasiya beradimi yoki bosim, mana shu masala qiziq. Bugun maksimalist Gvardiola shundoq ham yonib turgan shogirdlariga aksincha sovuqqonlik singdirishi kerak bo‘ladi.

"Chelsi"da 2012 yili o‘xshash vaziyat bo‘lgan. Villash-Boash mavsum davomida bo‘shatilib, o‘rniga kelgan Di Matteo CHL g‘olibi bo‘lgan (keyin u ham bo‘shatilgan).

Tuxel ketma-ket ikkinchi marta finalda. Bunisida ham uning klubi favorit emas. Tan olish kerak, "Chelsi" top klub bo‘lishiga qaramay shu yil finalga chiqishi ko‘pchilik uchun syurpriz bo‘ldi. Shunga qaramay, "Chelsi"dagi yosh avlod ko‘rsatayotgan yoqimli va ishonchli futbol bilan bir o‘yinda har kimni yutib qo‘yish mumkinligiga ishonish mumkin.

Sizningcha, kim bugun Yevropaning eng kuchli klubiga aylanadi?

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 10:13, 29.05.2021.
O'qildi: 3611 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.