Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Allegri «Yuventus» rahbariyati bilan Ronaldu mavzusini muhokama qildi

Allegri «Yuventus» rahbariyati bilan Ronaldu mavzusini muhokama qildi

Baho:
+ | -

"Yuventus" yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri rahbariyat bilan yozgi transfer uchun rejalarni muhokama qildi.

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra, tomonlar hujumchi Krishtianu Ronaldu mavzusiga ham to‘xtalishgan. Portugaliyalik futbolchi klubdan ketish taraddudiga tushganini rahbariyat biladi. Shu bois, Allegri forvardning kelajagi bilan bog‘liq masala tezroq hal etilishini istamoqda.

Bundan tashqari, tomonlar Paulo Dibalaning kelajagini muhokama qilishdi. Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga yetadi. Rahbariyat u bilan kelishuvni uzaytirishni, Allegri esa Dibala Ronalduning soyasidan chiqishini istamoqda.

Ronaldu joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 44ta uchrashuvda maydonga tushib, 36ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi. Dibala esa 26ta bahsda 5ta gol va 3ta assist muallifiga aylandi.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 23:09, 03.06.2021.
O'qildi: 14043 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик