Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Veynaldumni "Barsa" o‘tishi 50 foizga baholanmoqda. Sababi...

Veynaldumni "Barsa" o‘tishi 50 foizga baholanmoqda. Sababi...

Baho:
+ | -

"Barselona" bu yozda "Liverpul"ni tark etadigan yarimhimoyachi Jorjinyo Viynaldum transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi yarim himoyachining agentlari bilan aloqada. Ayni paytda "Barselona" "PSJ"ning ham futbolchiga doimiy qiziqishini inobatga olgan holda, kelishuv ehtimolini 50% ga baholamoqda.

Klub Ronald Kuman bilan hamkorlikni davom ettirishini rasman e’lon qilgani, "Barsa" foydasiga ishlashi mumkin. Chunki, murabbiy va Veynaldumning o‘rtasidagi munosabat yaxshi.

Veynaldumning o‘zi Yevropa chempionatidan keyingi kelajagi to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilmoqchi edi, ammo "Barselona" bu variantdan mamnun emas, chunki klub o‘yinchi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etsa, unga da’vogarlar soni ko‘payishi mumkin deb o‘ylaydi.

O‘tgan mavsumda 30 yoshli yarim himoyachi APLning 38 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Kiritildi: 17:42, 05.06.2021.
O'qildi: 5562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик