Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jahon chempionatini yengil vaznli sportchilarimiz boshlab berishadi

Jahon chempionatini yengil vaznli sportchilarimiz boshlab berishadi

Baho:
+ | -

Vengriya poytaxtida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati start olmoqda. Reglamentga ko‘ra, bugun yengil vazn toifasida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Musobaqani -48 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Gulnur Muratbayeva boshlab beradi. Yurtdoshimiz dastlabki bosqichda musobaqa mezbonlaridan biri Yeva Chernoviskiga kurash olib boradi.

Uning raqibi 34 yoshda bo‘lib, London-2012 Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Pekin-2008 va Rio-2016 Olimpiadalarida ham ishtirok etgan.

Shundan so‘ng Kemran Nurillayev -60 kg vazn toifasida jahon va Olimpiada reytingini boshqarib borayotgan yaponiyalik Ryuju Nagayamaga qarshi tatamiga chiqadi.

Ryuju yoshlar o‘rtasida jahon chempioni, kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligining ikki karra sovrindori hisoblanadi.

Manba: @OlympicUz
Kiritildi: 14:18, 06.06.2021.
O'qildi: 1895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик