Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa 3-0 Kalyari
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

JCH-2022 saralash. KONMEBOL. Argentina so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi, Braziliya Paragvayni mag‘lub etdi

JCH-2022 saralash. KONMEBOL. Argentina so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi, Braziliya Paragvayni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Janubiy Amerikada JCH-2022 saralash bosqichining 8-turi doirasida bahslar bo‘lib o‘tdi.

Argentina terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi bahsning 8-daqiqasiga kelib 2ta to‘p farqi bilan oldinga chiqib olishdi. Ammo ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar penaltidan dastlabki javob to‘pini kiritishgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan daqiqalarda ular muvozanatni tiklashdi. Shu tariqa, Argentina ketma-ket ikkinchi o‘yinda durang qayd etmoqda.

Braziliya esa ketma-ket oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Dastavval 4-daqiqada Neymar Paragvay darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, ikkinchi taymga qo‘shib berilgan vaqtda Lukas Paketa o‘yinga nuqta qo‘ydi. Ushbu g‘alabadan so‘ng "sariq devlar"ning ochkolari 18taga yetdi.

JCH-2022 saralash. Janubiy Amerika
Ekvador – Peru 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 62 Kueva, 0:2 – 88 Advinkula, 1:2 – 90 Plata.
Ekvador – Dominges, Estupinyan, Arboleda, Arreaga, Karabali (Martines, 65), Perlasa (Presiado, 46), Mena (Dias, 65), Mendes (Noboa, 46), Kaysedo (Plata, 46), Estrada, Kaysedo.
Peru – Galyese, Ramos, Abram, Advinkula, Lopes, Yotun, Tapiya, Penya (Akino, 73), Karrilyo (Arias, 90), Kueva (Iberiko, 79), Lapadula (Gerrero, 90).
Ogohlantirishlar: Advinkula (21), Lapadula (25), Kaysedo (27), Dominges (78), Akino (90).
 
Venesuela – Urugvay 0:0 (0:0, 0:0)
Venesuela – Graterol, Vilyanueva, Rosales (del Pino Mago, 83), Chanselyor, Gonsales (Felcher, 84), Moreno, Otero (Kasseres, 75), Savarino (Selis, 83), Rinkon, Ferraresi, Martines (Kadis, 79).
Urugvay – Muslera, Godin, Kaseres, Ximenes, Gonsales, Vesino (Nandes, 46), Torreyra (Gorriaran, 89), Valverde, Rodriges (Vinya, 46), Suares, Torres (de la Krus, 69).
Ogohlantirishlar: Moreno (37), Vilyanueva (42), Rinkon (63), Kaseres (90).
 
Kolumbiya – Argentina 2:2 (0:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 3 Romero, 0:2 – 8 Paredes, 1:2 – 51, penalti Muriel, 2:2 – 90 Borxa.
Kolumbiya – Ospina, Mina, Sanches, Medina (Moreno, 75), Tesilyo, Kuelyar (Barrios, 46), Uribe, Kuadrado, Lerma (Muriel, 30), Dias (Kardona, 46), Sapata (Borxa, 46).
Argentina – Martines (Marchesin, 40), Montiyel, Romero (Pesselya, 64), Otamendi, Akunya, Paredes, Lo Chelso (Palasios, 54), de Paul, Gonsales (Foyt, 65), Martines, Messi.
Ogohlantirishlar: Mina (34), Sapata (45), Romero (45), Medina (47), Otamendi (49), Tesilyo (57), Paredes (62), Pesselya (79), Borxa (90).

Paragvay – Braziliya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 4 Neymar, 0:2 – 90+2 Lukas Paketa.
Paragvay – Silva, Alonso, Arsamendiya, Gomes, Alderete, Vilyasanti (Romero, 73), Ximenes (Avalos, 61), Almiron, Kardoso Lusena (Bareyro, 80), Roxas (Espinola, 61), Romero (Samudio, 80).
Braziliya – Ederson, Markinyos, Aleks Sandro, Militao, Danilo, Kazemiro, Fred (Lukas Paketa, 46), Neymar, Gabriel Jezus (Everton, 82), Firmino (Rodrigo Kayo, 73), Risharlison (Gabriel Barboza, 82).
Ogohlantirishlar: Gomes (21), Fred (43), Gabriel Jezus (76), Bareyro (87), Alonso (88), Alderete (88).
 
Chili – Boliviya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 69 Pulgar, 1:1 – 82, penalti Moreno.
Chili – Bravo, Maripan, Isla, Mena, Syerralta (Orelyana, 86), Meneses (Mora, 86), Pulgar, Vargas (Ximenes, 65), Arangis, Medel, Sanches.
Boliviya – Lampe, Akin, Sagredo, Bexarano, Djuzino, Bexarano (Vayyar, 71), Xustiniano, Sespedes (Arse, 46), Vaka (Alvares, 46), Moreno (Sanches, 90), Ramalyo (Flores, 46).
Ogohlantirishlar: Vaka (32), Bexarano (39), Flores (48), Xustiniano (62), Maripan (80), Pulgar (85).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:56, 09.06.2021.
O'qildi: 10999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.