Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Yevro-2020. Angliya va Xorvatiya terma jamoalari uchrashuvidan oldingi fikrlar

Yevro-2020. Angliya va Xorvatiya terma jamoalari uchrashuvidan oldingi fikrlar

Baho:
+ | -

Bugun JCH-2018 musobaqasida sifatli o‘yin ko‘rsatib yarim finalgacha yetib borgan va kumush medalni qo‘lga kiritgan jamoalar: Angliya hamda Xorvatiya termalari to‘qnash kelishadi.

Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.

Uch yil o‘tib tomonlar yana yirik musobaqada uchrashishmoqda.

Qaysi terma jamoaning o‘yini yaxshilandi yoki pastga tushish holati kuzatildi? Ushbu savolga javob topishga harakat qilib ko‘ramiz.

Angliya terma jamoasining yangi avlodi 2016 yildan beri shakllanib kelmoqda. Oldingi Yevroda 1/8 final bosqichida Islandiyaga kutilmaganda mag‘lub bo‘lgan inglizlar ikki yil o‘tib, Rossiya maydonlarida o‘tkazilgan Jahon chempionatida 4-o‘rinni qo‘lga kiritishdi va jamoaning asl kuchi ko‘rindi. Shu avlod vakillari safiga Fil Foden, Meyson Maunt, Jeydon Sancho, Bukayo Saka, Deklan Rays, Ris Jeyms va yana bir qator iste’dodli futbolchilar qo‘shilishdi va hozirga kelib «uch sherlar»ning tarkibi Yevro-2020 musobaqasining eng qimmat jamoasiga aylandi.

Haqiqatdan ham jamoa ancha kuchaygan, yarim himoyadan boshqa barcha pozitsiyalarda yuqori saviyali futbolchilar to‘p tepishadi.

Ammo shunday bo‘lsada, jamoaning kamchiligi - bu markaziy yarim himoya. Jud Bellingem, Deklan Rays, Jordan Henderson singari yarim himoyachilari bor jamoani pastga tushirishdan yiroqman. Lekin, Jerrard, Bekhem, Skouls, Lempard, Kerrikdek afsonalar o‘ynagan Angliyaning oldida bu kamchilik yaqqol sezilib qolmoqda.

Jek Grilish va Meyson Mauntlarning mahoratiga shubha qilmagan holda shuni aytish mumkinki, ular bunday yirik musobaqada ilk marotaba qatnashishmoqda.

Shu jihat pand berib qo‘ymasa, Angliya nafaqat bugungi Xorvatiyaga qarshi o‘yinda, balki musobaqa davomida favoritlar qatorida bemaol e’tirof etilishi mumkin.

Xorvatiyada esa aynan yarim himoya kuchli va katta umid Luka Modrich, Matteo Kovachich hamda Ivan Perishich kabi futbolchilardan kutiladi.

Xorvatiya Jahon chempionatida bo‘lganidek, finalga yetib bora olmasligi mumkin. Bir narsa deyishga shoshilmaymiz. Musobaqa xorvatlar uchun ham endi boshlanmoqda....

Nodirjon

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:16, 13.06.2021.
O'qildi: 1866 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.