Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

«Paxtakor»ga qarzlarni qoplash uchun 22 milliard so‘m pul ajratildi

«Paxtakor»ga qarzlarni qoplash uchun 22 milliard so‘m pul ajratildi

Baho:
+ | -1

Toshkent shahar hokimi – "Paxtakor" futbol klubi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev jamoa a’zolari va murabbiylari bilan klubning Qibrayda joylashgan mashg‘ulotlar bazasida uchrashuv o‘tkazdi.

Unda klub va jamoa oldida turgan muammolar, ularning yechimlari, "Paxtakor" kelajak faoliyati muhokama etildi.

Klub oldida turgan moliyaviy majburiyatlar shu kunlarda ijobiy hal etildi. Homiylar tomonidan ajratilgan 22 milliard so‘m pul mablag‘lari hisobidan shu kungacha yig‘ilib qolgan futbolchilar, murabbiylar va klub xodimlarining maoshlaridan bo‘lgan qarzdorliklar bartaraf etildi.  

Bundan buyon "Paxtakor" futbol klubi faoliyati va moliyaviy hisobotlari shaffoflik, ochiqlik tizimida yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risida Jahongir Ortiqxo‘jayev alohida ta’kidladi.

Futbolchilar ishlab topadigan mablag‘lar, mukofot pullari va boshqa hisobotlar klub rasmiy manbalarida e’lon qilib boriladi. Bu esa ayni paytda katta futbol arafasida turgan yoshlarda professional futbolchi bo‘lish ishtiyoqining o‘sishida, klub a’zolari o‘rtasida esa sog‘lom raqobat yuzaga kelishida ijobiy ahamiyat kasb etadi.

O‘sib kelayotgan yosh avlodga sharoitlarni yaxshilash, iqtidorli futbolchilarni tanlab olishga e’tibor qaratilishi, ularga bunda imkoniyatlar yaratib berilishi ta’kidlandi. Yoshlarni futbol bilan shug‘ullanish va professional futbolchi bo‘lishga qiziqishini oshirish, klubning to‘liq uzviy tizimda ishlashini ta’minlash uchun rivojlantirish quyi bo‘g‘inlardan boshlanishi alohida ta’kidlandi.

Bu o‘zgarishlar nafaqat “Paxtakor”ning, balki butun o‘zbek futbolining rivojlanishiga turtki bo‘lishi to‘g‘risida fikrlar bildirildi. “Paxtakor” bosh murabbiyi gollandiyalik Piter Xyuystra ham klubda boshlanayotgan tub o‘zgarishlar, yo‘lga qo‘yilajak shaffof tizim har qanday jahon miqyosidagi futbol klubining asosiy mezoni ekanini ta’kidladi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 06:20, 18.06.2021.
O'qildi: 6494 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.