Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Diyor Imomxo‘jayev: "Abramov o‘zining qanchalar saviyasiz ekanini ko‘rsatdi"

Diyor Imomxo‘jayev: "Abramov o‘zining qanchalar saviyasiz ekanini ko‘rsatdi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi direktor vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev O‘zbekiston milliy terma jamoasining Saudiya Arabistonidan uchralgan mag‘lubiyati va O‘zbekiston chempionatining tig‘iz taqvimi haqida fikr bildirdi. 

"O‘zbekiston MTJ saralash uchun yig‘inni 21 may kuni boshladi, Saudiya esa 31 may kuni. Yakunda 10 kun keyinroq yig‘ilgan jamoa 3 ta to‘p farqi bilan g‘olib chiqdi.

Saudiyani yevropalik murabbiy boshqaradi va doim FIFA kunlarini hamda jamoalarning unga bo‘lgan munosabatlarini hurmat qiladi, Kuper ham shunday edi. Abramov esa yakunda o‘zining qanchalar saviyasiz ekanini ko‘rsatdi (aslida bungacha ham 2 marta ko‘rsatib, Pekin va London olimpiadalaridan chetda qolishimizga sababchi edi).

Yuqoridagi 10 kunlik O‘zPFL rejalariga ta’sir o‘tkazadi. Biz mavsumni 30 noyabrdan o‘tkazmay tugatish niyatida edik. Kuz oyidagi 3 ta FIFA kunlarini inobatga olib tuzgan taqvimimizda, kubok finali 5 dekabrga to‘g‘ri keladi. Albatta, oldinda bizni nimalar kutayotganini vaqt ko‘rsatadi. Chunki biz O‘zbekiston termasining kuz oyidagi rejalari haqida bilmaymiz", deya yozdi Imomxo‘jayev o‘z telegram sahifasida.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 12:35, 18.06.2021.
O'qildi: 10377 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.