Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Yevro-2020: Murabbiylarning maoshlari

Yevro-2020: Murabbiylarning maoshlari

Baho:
+ | -

Dastlabki ikkitasida hamma narsa tushunarli. So‘nggi ikkita jahon chempionatida aynan shular o‘z jamoalarini chempionlikka olib borishdi. Yoaxim Lyov tez orada birinchi qatorni bo‘shatadi, uning o‘rniga esa «Bavariya»da yiliga 8 million yevro olgan Xansi Flik keladi.

* Amaldagi Yevropa chempioni - Fernandu Santush atigi oltinchi o‘rinda. Undan yuqorida Sautgeyt, Cherchesov va Frank De Burlar joylashgan.

 

«A» guruhi

* Manchini Italiya terma jamoasiga o‘tish uchun ish haqini sezilarli darajada qisqartirilishigacha bordi. «Zenit»da Roberto ikki baravar ko‘proq olardi.

* Uels terma jamoasidan Robert Peyjning maoshi to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q - u jamoani vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi maqomida turnirga olib bormoqda. Ammo Rayan Giggz 500 ming funt olardi, Peyjga esa undan ko‘p berilmasligi aniq.

 

«V» guruhi

* Ha, Rossiya hech bo‘lmaganda ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha guruhida yetakchi. Stanislav Cherchesov, «Chempionat» ma’lumotlariga ko‘ra, yiliga 2,5 million yevro oladi va Yevroda eng ko‘p maosh oladigan murabbiylardan biriga aylanadi. Jahon chempionatidan oldin shuncha miqdor quyidagicha tushuntirilgandi: pozisiyasi o‘ta xavfli, muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin uzoq vaqt davomida hech qayerda ishlamaslik ehtimoli katta, shuning uchun xavfsizlik yostig‘i yaratish kerak...

* Finlar ustozi Markku Kanerva esa butun musobaqadagi eng kam maosh oladigan murabbiylardan biri.

 

«S» guruhi

* O‘tgan yili Niderlandiya terma jamoasini qabul qilib olgan Frank de Bur haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q. Undan oldingi mutaxassis Ronald Kuman 7 million yevro olardi, ammo u «Barselona»ni ma’qul ko‘rdi. Niderlandiya OAV Frank de Bur kamida 2 million yevro ishlab topadi, deb hisoblaydi, lekin ko‘pincha 3-5 million yevro miqdori yoziladi.

* Igor Angelovski joriy Yevroning eng kam maosh oluvchi murabbiyidir. Ushbu maqomda barchani hayratda qoldirish yoqimli bo‘lardi, to‘g‘rimi?

 

«D» guruhi

* Premyer-liga murabbiylarining maoshlariga taqqoslaganda, Garet Sautgeyt Devid Moyes va Stiv Bryus bilan tenglashmoqda. Guruhda esa, u tabiiyki, eng boyi.

* JCH-2018 yarim finalida Sautgeytni nokautga uchratgan Zlatko Dalich raqibidan deyarli olti baravar kam olishi esa kulgili.

 

«E» guruhi

* O‘tgan yili, koronavirus tufayli Luis Enrike ish haqini 25 foizga kamaytirishlarini so‘radi - Ispaniya futbol federasiyasi bir yilda 350 ming mablag‘ni shu tarzda tejab qoldi. Bu yil ish haqi avvalgi darajaga qaytdi.

* Polshaning maqomi Shvesiyadan ikki baravar ustun deb bo‘lmaydi, lekin chet ellik mutaxassisni taklif qilganingizdan so‘ng shunday bo‘ladi: Souza shvedlar Anderssonga to‘laydigan miqdordan deyarli ikki baravar ko‘proq maosh oladi.

 

«F» guruhi

* O‘lim guruhi nafaqat jamoa nomlari, balki ularning murabbiylariga beriladigan maoshlari bo‘yicha ham o‘ziga xosdir. Eng ko‘p maosh oladigan olti nafar mutaxassisning yarmi ushbu guruhda. Fernandu Santush allaqachon o‘zidan ko‘proq maosh oladigan hamkasblarini ortda qoldirishga ulgurgan. Bu gal ham buni qila oladimi?

* Vengriya terma jamoasi ustozi Marko Rossining maoshi e’lon qilinmadi. U tayinlanishidan oldin 110 million venger forinti (300 ming yevro) miqdorida maosh oladi deyilgandi. Ammo shu yilning mart oyida italiyalik mutaxassis bilan shartnoma uzaytirildi - katta ehtimol, muvaffaqiyat fonida uning maoshi ham oshirilgan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:20, 20.06.2021.
O'qildi: 5454 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.