Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Diyor Imomxo‘jayev Superliga klublarini tanqid qildi

Diyor Imomxo‘jayev Superliga klublarini tanqid qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev klublarimizdagi asosiy kamchiliklardan biri haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Futbol klublari OFK lisenziyasini olish uchun AFCCLAS platformasiga talab etilgan hujjatlarni joylaydi. Ular orasida klubning yoshlar bilan ishlash tizimini rivojlantirish dasturi ham bo‘lishi lozim.

Yillar davomida klublarimiz bunga bepisand munosabatda bo‘lgan hamda platformaga keragidan ko‘p sayoz yozilgan yoki Yevropa klublarinikidan uyatsizlarcha o‘g‘irlangan dasturlarni ingliz tilida joylab kelgan. Aslida bu dastur o‘zbek tilida hatto mavjud bo‘lmagan, juda ko‘p klublarimiz bu dastur asosida ishlamagan. Bu xuddiki talabalarimiz kurs ishini internetdan ko‘chirib yozib, universitet diplomini shu zaylda hal qilib kelganiga o‘xshaydi.

Biz esa o‘tgan yili aynan shu yo‘nalishni rivojlantirish uchun O‘zPFLda alohida Klublarni rivojlantirish bo‘limini tashkil qilganmiz. Hozircha qator klublarimizning eski uslubdagi qiliqlarini aniqlab kelmoqdamiz, endi vaqti-vaqti bilan sharmandali holatlarga yo‘l qo‘yayotgan klublarni ochiqlaymiz. Afsuski, bizning ayrim klublarda oliy ma’lumoti yo‘q rahbarlar-u, texnik direktorning vazifasi nima ekanini ham bilmaydigan darajadagi kishilar faoliyat olib boradi", - dedi Imomxo‘jayev o‘z telegram sahifasida.

Kiritildi: 15:11, 24.06.2021.
O'qildi: 4045 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.