Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Superliga. "Surxon" - "Paxtakor" (Prevyu)

Superliga. "Surxon" - "Paxtakor" (Prevyu)

Baho:
+ | -

Superliga 11-turida "Paxtakor" Toshkentda "Surxon" mehmoni bo‘ladi.

O‘yin "Surxon" uy o‘yinlarini o‘tkazadigan stadionda yoritish tizimi talab darajasida emasligi sababli "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Hozirga qadar jamoalar chempionatlar doirasida 28 bahsda to‘qnash kelishgan. Ularning 22tasida "Paxtakor", 5tasida "Surxon" zafar quchgan. Bir marta durang natija qayd etilgan. Raqib darvozasini 92 marta ishg‘ol qilgan "Sherlar" 26 to‘p o‘tkazib yuborishgan. Termizdagi o‘yinlarda 9 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va bir durang qayd etildi. Gollar nisbati 31ga 17ni tashkil qiladi. Jami 13 g‘alaba yirik hisoblarda qo‘lga kiritilgan. Eng yirik natija - 8:0 bo‘lib, 2004 yilgi mavsumda kuzatilgan. O‘tgan yili Termizdagi bahsda "Sherlar" 6:0 hisobida zafar quchishgan.

Jamoalar safida kartochkalar bilan bog‘liq diskvalifikasiya sababli o‘yinni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar bor. "Paxtakor"dan Abror Ismoilov, "Surxon"dan Asror G‘ofurov bahsda maydonga tushmaydi.

"Surxon" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 27 iyun, yakshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 20:00da start oladi.

Kiritildi: 11:05, 25.06.2021.
O'qildi: 2034 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик