Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Mojaro: Qo‘qqisdan tushgan tarsaki...

Mojaro: Qo‘qqisdan tushgan tarsaki...

Baho:
+ | -

Erkaklar jamoasida tortishuv, hattoki, mushtlashuvga ham bahona yoki sabab topiladi ba’zan. Jumladan, o‘zbek futboli ichida ham bunday muammo yo‘q emas, ammo muxlislar ular haqida faqat «Eshitdik-da» ruknida o‘qishlari mumkin, xolos. Xorijda esa boshqacha - sara yulduzlarning hattoki, mashg‘ulotlar jarayonidagi tortishuvlari ham tezda doston bo‘ladi. Soccer.ru saytining quyidagi to‘plami bunga isbot.

Kepa - Ryudiger to‘qnashuvi («Chelsi»). «Chelsi»ning boshlang‘ich tarkibiga kirish juda qiyin. Hattoki, sara yulduzlar ham tarkibdagi joy uchun kurashda hech narsadan qaytmaydilar gohida. Mashg‘ulot payti Antonio Ryudiger va Kepa Arrisabalaga o‘rtasida yuzaga kelgan jiddiy tortishuv bunga dalil. Aytishlaricha germaniyalik himoyachi oddiy vaziyatda atayin ispan darvozaboniga urilgan. Shunda bosh murabbiy Tomas Tuxel hamyurtini darhol maydondan chetlatadi. Lekin bu mojaro jamoaga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi - «aristokratlar» CHL g‘olibi.

Sterling - Gomes to‘qnashuvi (Angliya terma jamoasi). 2019 yilgi voqea. Terma jamoa yig‘inidan oldinroq «Manchester Siti» chempionatda «Liverpul»ga yutqazgandi. O‘sha o‘yinda Rahim Sterling va Jo Gomes o‘rtasida boshlangan ziddiyat terma jamoada davom etadi. Oshxonada yuzaga kelgan mushtlashuv oqibatida esa, Gomesning ko‘zi ko‘kargandi. To‘g‘ri, Sterling o‘ziga xos «tarbiyaviy soat»­dan keyin Jodan rasman uzr so‘raydi. Muhimi, Gomesning aytishicha, o‘sha voqea tarixga aylangan, hozirda ikki futbolchining o‘zaro munosabati joyida. 

Neymar - Semedu to‘qnashuvi («Barselona»). Nelson Samedu «Barsa»dagi ilk mashg‘ulotlarda yaxshi taassurot qoldirishga astoydil harakat qiladi, ammo bir vaziyatda Neymardan oyog‘iga kuchli zarba qabul qiladi. Portugaliyalik futbolchi bunga chidoymay, darhol javob qaytaradi. Xayriyatki, Serxio Buskets va Samuel Yumtiti urushqoqlarni tezda ajratishga ulgurishadi. Ammo Neymar achchiqlanganidan futbolkasini yerga irg‘itib, maydondan chiqib ketadi. Qolaversa, braziliyalik hujumchi oradan yana bir necha kun o‘tib, «PSJ»ga yo‘l oladi.

Kerroll - Teylor to‘qnashuvi («Nyukasl»). Bir qarashda, Endi Kerrolldan uzoqroq turish kerakday, har holda, u tashqi ko‘rinishi bilan haybatli. Lekin Stiven Teylor uning mahbubasiga iltifot ko‘rsatishga jazm etadi. Endi esa bu xatti-harakatini yaxshigina musht bilan «siylaydi». Aniqroq aytsak, bahaybat Kerroll «Nyukasl»ning mashg‘uloti payti Stiven jag‘iga musht soladi. Jamoa fanatlari avvaliga Endini ayblashadi, keyin nizo sababi bilan tanishishgach, uni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashadi.

Xartson - Berkovich to‘qnashuvi («Vest Xem»)

Mashg‘ulotlar chog‘i kuzatilgan eng qabih mushtlashuvlardan biri. 1998 yili Uels termasi afsonasi Jon Xartson va isroillik Eyal Berkovich «Vest Xem» bazasida o‘zaro gap talashib qolishadi. Avvaliga Berkovich uelslik klubdoshini tepadi, keyin bunga javoban jag‘iga tuzukkina zarba qabul qilib, maydonga qulaydi. Xartson bu qilmishidan pushaymonligini tan olgan bo‘lsada, 20 ming funt sterling miqdorida jarima to‘lashdan tashqari, 3ta o‘yinga chetlatiladi.

Mitrovich - Kamara to‘qnashuvi («Fulxem»). Yoga insonni tinchlantirishini ko‘p ta’kidlashadi. Lekin bu gap hammaga taalluqli emas ekan. 2019 yili Aleksandr Mitrovich va Abubakar Kamara aynan yoga mashqlari jarayonida jiddiy tarzda mushtlashib ketishadi. Buni ko‘rgan Klaudio Ranye­ri hayratdan karaxt bo‘lib qoladi. Gap-so‘zlarga qaraganda, Mitrovichga Kamaraning yoga o‘qituvchisiga hurmatsizlik qilgani yoqmagan ekan. Biroq o‘sha voqeadan biroz oldinroq, «Bornmut»ga qarshi o‘yinda Kamara klubdoshining penalti tepishiga qarshi chiqqandi. Ehtimol, mushtlashuvning asosiy sababi shudir...

Yungberg - Melberg to‘qnashuvi (Shvesiya terma jamoasi). Shvesiya futboli yulduzlari - Freddi Yungberg va Olof Melberg APL uchrashuvlarida tez-tez to‘qnashib turishardi, ammo bu kamlik qilgan, shekilli, ular milliy jamoa mashg‘ulotida «hunar» ko‘rsatishadi. Bunda Melbergning Yungbergga nisbatan qaltis harakatlangani mushtlashuvga aylanib ketadi. Ayni shu hodisa JCH-2002 oldidan jamoadagi ichki muhitni buzgandi. Juftlik oradan 4 yil o‘tib, yana bir bora «hisob-kitob» qiladi. Aniqrog‘i, ular 2006 yilgi mundialdan o‘rin olgan Trinidad va Tobago termasiga qarshi o‘yinga tanlangan taktika masalasida tortishishgandi, ammo befoyda - 0:0.

Bistrov - Kvinsi to‘qnashuvi («Spartak»). «Spartak»ning ochiq mashg‘ulotida, jurnalistlar guvohligida yaxshigina mushtlashuv sodir bo‘ladi. Murabbiy darhol har ikki urushqoqni maydondan chiqarib yuboradi. Aytishlaricha, Bistrov va Kvinsi o‘sha kuniyoq yarashib olishgan.

Boateng - Goreska to‘qnashuvi («Bavariya»). Yosh yarim himoyachi Boatengga nisbatan o‘ta keskin tarz­da qo‘pollik qiladi. Tabiiyki, bunday harakat tajribali Jeromga yoqmaydi va u Goreska yuziga musht tushiradi. To‘g‘ri, Xans-Diter Flik futbolchilarni vaqtida yarashtirib qo‘yadi.

Balotelli - Manchini to‘qnashuvi («Manchester Siti»). Hattoki, Roberto Manchini ham antiqa xulqli vatandoshini bo‘ysintirish uddasidan chiqolmaydi. Italiyalik hujumchi mashg‘ulot jarayonida Skott Sinklerni bosib o‘tib ketadi. Manchini bu holatdan g‘azablanib, Balotellini maydondan sudrab chiqishga urinadi, ammo SuperMarioning naf­ratiga uchraydi. Balotelli o‘sha voqeadan 2 yilcha oldin Mayk Richardson bilan ham janjal ko‘targandi. Manchini bilan to‘qnashuvdan keyin esa, «shaharliklar» uni «Milan»ga sotishadi.

Ibragimovich - Onyevu to‘qnashuvi («Milan»). Agar bu futbolchilar ringda mushtlashganlarida, tomoshabop shou bo‘lardi. Taekvondo bo‘yicha qora belbog‘ sohibi sanalgan Zlatan ancha bo‘ydor va gavdali himoyachi Oguchi Onyevu bilan «san-man»ga boradi. Ibra keyinchalik o‘sha voqeani alohida izohlagandi: «Unga boshim bilan zarba berdim, keyin bir-birimizni tepa boshladik. O‘sha pallada Oguchini mayib qilishga tayyor edim, u ham chakki emas ekan. Qisqasi, shafqatsiz jang...». Aytgancha, mushtlashuv oqibatida Ibraning qovurg‘asi sinadi, Onyevu esa «Milan» libosida bir marta maydonga tushmasdan, mavsum yakunida jamoadan ketadi.

Barton - Dabo to‘qnashuvi («Manchester Siti»). Aytishlaricha, Barton «Barnsli» murabbiyi Deniel Stendel yuziga «kalla» qo‘yganidan keyin u 2ta old tishidan ayrilgan. To‘g‘ri, jamoada buni hech kim tasdiqlamagan. Ammo Barton va Usmon Dabo jangi guvohlar tomonidan qayd etilgan. Dabo mashg‘ulot payti ingliz futbolchisini atayin turtib yuboradi. Barton bunga javoban kuchli va yoqimsiz zarbalar yo‘llaydi. Oqibatda Usmonning ko‘zi jarohatlanadi. Jabrdiyda bu borada tegishli idoralarga shikoyat ham yozadi va Barton 3000 funt sterling miqdorida jarima to‘lashdan tashqari, 4 oy muddatga shartli qamoq jazosi oladi.

Bonus

Pike - Song to‘qnashuvi («Barselona»). Barselona. Futbolchilar Ispaniya chempionatidagi g‘alabani nishonlab, usti ochiq avtobusda ketishayotgan vaqt. Kutilmaganda, Aleks Song bo‘ydor Pike yuziga tarsaki tushiradi. Shunda Jerar mushtlarini ishga solishga hozirlanadi, ammo Karles Puyol uni quchoqlab olgancha Songni zarbadan qutqarib qoladi. Klub rahbariya­ti keyinchalik sportchilar xatti-harakatini spirtli ichimlik ta’siri bilan izohlaydi.

Pike - Ibragimovich to‘qnashuvi («Barselona»). «Barselona» yulduzlari «Kamp Nou» arenasining avtomobillar turargohida jiddiy to‘qnashib ketishadi. Pike keyinchalik hech qanday ziddiyat bo‘lmagani, faqat ularni noto‘g‘ri rakursdan suratga olishganini aytadi, lekin uning bu gapiga hech kim ishonmaydi.

 O.TURSUNXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:20, 30.06.2021.
O'qildi: 4754 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.