Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton 1-0 Brentford
27/04 21:30 Alaves 3-0 Selta
27/04 23:45 Lasio 1-0 Verona
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya

Luis Suares: «Futbolda abadiylik kamdan-kam kishiga nasib etadi»

Luis Suares: «Futbolda abadiylik kamdan-kam kishiga nasib etadi»

Baho:
+ | -

«Atletiko»ning urugvaylik tolmas hujumchisi Luis Suares ayni payt milliy jamoasi bilan Amerika kubogida qatnashmoqda. Lekin quyidagi intervyu KONMEBOL miqyo­sidagi asosiy turnir haqida emas. World Soccer nashri jurnalistlari Suares bilan shunchaki, uning asosan Ispaniyadagi faoliyati xususida suhbatlashishdi. Tabiiyki, futbolchining yaqin kelajagiga doir savolga ham javob berishiga to‘g‘ri keldi.

- Urugvaydan Yevropaga yo‘l olib, futbol markazida faoliyat boshlaganingizga ham 15 yil bo‘libdi. Ortda qolgan davr­ga nazar tashlaganingizda, xayolingizga avvalo, nimalar keladi?

- Agar inson o‘z hayotining 15 yilini ko‘z oldiga keltirsa, albatta, kichik afsuslanishlarga sabab bo‘luvchi omillarni ham osonlikcha topishi mumkin. Bunga aminman. Ammo umumiy va­ziyatga teranroq qaraganda, barchasidan mamnun bo‘lishim kerak. Axir Yevropaning eng sara klublarida o‘ynadim, barcha zamonlarning kuchli futbolchilari bilan yonma-yon shug‘ullandim. Shunga yarasha, nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Barchasi doimiy intilish, yuqori ishtiyoq ortidan kelgani ham o‘z-o‘zidan tushunarli. Shunday ekan, nimadandir afsuslanishim mumkin emas. Qisqasi, ortga nazar solib, faqat qoniqish hissini tuyaman.

- O‘tgan yili «Barselona» bilan xayrlashganingizdan so‘ng ko‘pchilik sizga Ispaniyadan ketmaslik xususida maslahat berdi. Aytingchi, o‘zingiz uchun bu mamlakatda yashash deylik, Niderlandiya yoki Angliyada istiqomat qilishdan qulayroqmi?

- Ha, Ispaniyadagi hayot tarzi ko‘nglimga yaqin. Lekin Liverpulda ham biror jabhada qandaydir muammo sezgan emasman, faqat o‘sha vaqtdayoq oilamning hamisha Ispaniyaga intilishini yaqqol sezib turgandim. Xullas, «Barselona»ni faqat professional faoliyat emas, balki shaxsiy xohish tufayli tanlagan edim. Aniqroq aytsam, Ispaniyaga ko‘chib o‘tish - oilam xohishi.

- Qiziq, agar 2013|2014 yillar mavsumida «Liverpul» bilan APLda chempionlikni nishonlaganingizda, faoliyatingiz nechog‘li rivojlanardi? Masalan, «Barselona» safiga qo‘shilishingiz ma’lum muddatga kechikishi mumkinmidi?

- To‘g‘risi, o‘tmish haqida «agar» qo‘shimchasi bilan gapirish hamisha qiyin. Axir inson yuz bermagan qaysidir voqeaning o‘ziga qanday ta’sir etishini bilmaydi aslo. Albatta, «Liverpul» bilan Angliya chempionati oltin medalini qo‘lga kiritish o‘zgacha shodlik ulashardi - bu aniq. Ammo chempionlik menga qanday ta’sir etardi - bu mavhum masala. Faqat aytishim kerak, «qizillar» nihoyat, uzoq kutilgan chempionlikka erishib, muxlislarni kutish azobidan qutqarishgach, chin yurakdan quvondim. Yakunlangan mavsum «Liverpul» uchun u qadar yaxshi kechmagani esa, boshqa masala. Asosiysi, jamoa yuqori saviyada o‘ynadi, hali ko‘p mavsumlar davomida asosiy sovrin uchun kurashish salohiyatiga egaligini isbotladi. Har holda, chetdan shunday ko‘rindi. Oddiy aytganda, «qizillar» oxirgi yillarda o‘zlariga tegishli joyga qaytishdi.

- «Liverpul» jamoasida siz bilan yaxshi chiqishib to‘p surgan futbolchilardan biri - bu Rahim Sterling. Uni hozirda dunyo futbolidagi eng sara o‘yinchilar qatoriga qo‘shish mumkinmi? Umuman, Rahim ortda qolgan davrda qanchalik o‘zgardi, sizningcha?

- Hech shubha yo‘q, hozirgi Rahim va men bilan «Liverpul»da o‘ynagan o‘sha Rahim o‘rtasida katta farq bor. Albatta, o‘yin saviya­si ma’nosida. Aslida Sterling hamisha yuksak iste’dodi bilan ajralib turgan, lekin oldin hujumlarni bu qadar samarali yakunlay olmasdi. Endi esa u nafaqat Angliya, balki butun Yevropada eng sermahsul to‘purarlardan biriga aylandi. Rahimning faoliyatida shunday o‘sish kuzatilganidan xursandman, albatta.

- Sterlingning Ispaniyada qanday o‘ynashini ko‘rishni xohlarmidingiz? Sizningcha, u qachondir Angliyadan tashqariga chiqishi mumkinmi?

- Menimcha, «Manchester Siti» hozirgi holatda Rahimni Ispaniyaga qo‘yib yuborishni istamasa kerak. Demoqchimanki, «shaharliklar» uning Manchesterdan bosh­qa joyda o‘ynashiga mutlaqo qarshi chiqishadi. Umuman olganda, Rahim Ispaniyada ham yetarlicha gol urish qobiliyatiga ega. Uning har qanday ligada o‘zini ko‘rsata olishiga ishonchim komil.

- Lionel Messi va Neymar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatishda hech qanday muammoga uchramadingiz. Ular bilan birga o‘ynagan onlarni qo‘msaysizmi? Qachondir kuchli trioni qayta ko‘rishimiz ehtimoli bormi?

- Messi va Neymar bilan yana birga o‘ynash qiziqarli bo‘lardi, albatta. Messi - futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi, Neymar - eng zo‘rlaridan biri. Biz maydon tashqarisida ham yaxshi munosabat o‘rnatgandik va bu o‘yinda katta yordam berardi.

- Neymar «PSJ»ga o‘tishga qaror qilganini eshitganingizda, nimani his qilgandingiz?

- Zamonaviy futbolda biror klubda abadiy qolish kamdan-kam o‘yinchilarga nasib etadi. Neymar bilan qalin do‘st tutingandik va hech kim uning ketishini istamagan. Ammo futbolchilar ba’zan jamoadan ketishadi va buni shunchaki, to‘g‘ri qabul qilish kerak.

- Leo Messi bilan munosabatlaringizga alohida to‘xtalsangiz. Maydon tashqarisidagi aloqalaringiz hali ham oldingidek kuchlimi?

- Maydondagi Messi - eng yaxshi futbolchi. Uning chetida esa, men uchun yaqin do‘st. Hamon shunday. Birinchi mashg‘ulotlardanoq o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘ldik va do‘stligimiz yillar davomida mus­tahkamlanib bordi. Ha, endi bitta jamoada o‘ynamayapmiz, ammo ajoyib do‘stlarmiz, baribir. Qisqasi, ikkimizning munosabatimiz allaqachon futbol sarhadlaridan chetga chiqqan do‘stlikdir.

- O‘tgan mavsum Leoga qarshi o‘ynadingiz. Bu qanchalik g‘alati tuyuldi?

- Chetdan qaraganda, balki biroz g‘alati ko‘ringandir, ammo ayt­ganimdek, futbolda kamdan-kam narsa abadiy qoladi. Ijrochilar ketishadi, ammo o‘rtadagi yaxshi do‘stlik saqlanib qoladi.

- Avvalgi yoz «Barselona»dan ketishingizga to‘g‘ri kelganidan afsuslanish hissi bormi yoki barchasini unutishga ulgurdingiz?

- Ochiq gapiraman, qlub rahbariyati qarori sababini haligacha to‘liq tushunganim yo‘q, ammo afsuslanishga hojat yo‘q, yo‘limda davom etishim kerak. Mana, «Atletiko»da yaxshigina mavsum o‘tkazdim, chempionlikka erishdim!

- Aytingchi, «Atletiko» safiga qo‘shilishdan avval oldingizda boshqa variantlar ham bormidi? Misol uchun, «Yuventus» libosini kiyishga yaqin kelgan edingiz...

- Yashirishga hojat yo‘q - bir qator variantlarni ko‘rib chiqdim. Endi «Atletiko» o‘yiniga muammosiz, osongina moslashganim va murabbiy katta ishonch bilan qaraganini nazarda tutib, bemalol aytaman - o‘shanda juda to‘g‘ri qaror qabul qilibman.

- APLdan ham chorlovlar bormidi? Agar takliflar tushgan bo‘lsa, ularni ko‘rib chiqqanmidingiz?

- Angliyada «Liverpul»dan bosh­qa jamoada o‘ynashga qiynalardim. «Qizillar» muxlislari bilan yaxshi munosabatda bo‘lganman va umid qilamanki, o‘rtamizdagi iliqlikka putur yetmaydi. Qisqasi, APLda boshqa klub libosini kiyishimni tasavvur qilolmayman, bu g‘alati...

- Diyego Simeonega munosib juftlikdek ko‘rinasiz. U bilan ishlash qanday ekan? Simeoneni oldingi qaysidir ustozingiz bilan taqqoslay olasizmi?

- Diyego futbolchilar bilan muntazam gaplashish asnosida ularga motivasiya bag‘ishlaydigan, xatti-xarakati orqali sizga to‘liq ishonishini yaqqol tushuntira oladigan murabbiylar toifasidan. Salohiyatimga shubha qilmaganini qadr­layman va umid qilamanki, yakunlangan mavsumda unga munosib javob bera oldim.

- Ha, «Atletiko» safida La Ligadagi dastlabki 15ta o‘yinda 12ta gol urdingiz - bu Krishtianu Ronaldu o‘ynagan ligada yangi klubdagi eng yaxshi start. «Matraschilar» uchun bir urinishda gollar urishni qanday uddaladingiz?

- Hammasi oddiy - La Ligaga to‘liq moslashganim muhim rol o‘ynadi. Ya’ni ko‘nikish uchun real muddat talab qilinmadi. Shuning­dek, murabbiyning ishonchi va klubdoshlarim saviyasi ham yordam berdi. Ishoning, bunday ahil jamoada o‘ynash juda oson.

- «Atletiko» bilan 2 yillik shartnoma tuzgan edingiz. Bunday omadli mavsumdan keyin hamkorlik muddatini uzaytirish haqida o‘ylayapsizmi? Kelajakda yana biror yangilikni sinab ko‘rish niyatingiz bormi?

- Hozirgi payt «Atletiko» a’zosi ekanligimdan rohatlanishim kerak. Zero, maydonda nimalarga qodirligimizni ko‘rsata oldik. Yangi klubdoshlarim meni juda yaxshi qabul qilishdiki, buni ham unutmasligim kerak. Xullas, «Atletiko»da hammasi qoniqtirmoqda, asosiysi, Ispaniya chempio­natida katta natijaga erishdik. Bunday holatda ketish haqida o‘ylash ortiqcha, menimcha.

- Lekin sizni MLSga «bog‘lashmoqda», misol uchun, Devid Bekxemning klubi - «Inter Ma­yami»ga. Qachondir Amerikada to‘p surishni xohlarmidingiz?

- MLS - odamni tortadigan joy. Liga mavsumdan mavsumga kuchaymoqda. Qolaversa, AQSHda yashab ko‘rish qiziqarli, baribir. MLS ko‘plab faxriylar uchun qulay variant ekanligini tushunaman. Suares AQSHda? Bunisini faqat vaqt ko‘rsatadi.

- Ehtimol, sizni sobiq klubdoshingiz Stiven Jerrard jamoasida o‘ynash varianti qiziqtirib qo‘yar...

- O‘ylashimcha, mensiz ham Stivining ishlari joyida bo‘ladi! Uning uchun xursandman, lekin «Reynjers» bilan chempionlikni tantana qilganidan zarracha hayratlanmadim. Jerrardning qo‘lidan keladigan ish shu - g‘alaba qozonish. Ishonchim komil, Stivi «Liverpul» boshqaruvida ham shunday qiladigan vaqt keladi hali...

 

A.AHMEDOV tayyorladi 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:35, 01.07.2021.
O'qildi: 5261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.