«Arsenal» himoyachi Ektor Belyerinni «Inter»ga ijaraga berib yuborish haqida o‘ylab ko‘rmoqda. Bu haqda Italiya OAV xabar beradi.
«Inter» Belyerinni Ashraf Hakimiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. O‘z navbatida Hakimi PSJ futbolchisiga aylanish arafasida turibdi.
Shu o‘rinda «Betis» va «Atletiko Madrid» ham Ektor uchun da’vogarlik qilishadi.