Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Rakurs: Pepe nega g‘azablandi? (video)

Rakurs: Pepe nega g‘azablandi? (video)

Baho:
+ | -

Portugaliya terma ja­moa­si faxriy himoyachisi Pepe sobiq klubdoshi Karim Benzema golidan keyin bor g‘azabini darvozabon Rui Patri­siuga sochdi, go‘yo. Superdramatik o‘yinning eng qiziqarli holati. Xo‘sh, himoyachi nega bu qadar qattiq g‘azablandi?

Portugaliya - Fransiya o‘yinining birinchi bo‘limi oxirida Karim Benzema penaltidan gol urgach, maydonda Pepe hammadan ko‘proq jig‘ibiyron bo‘lganini ko‘pchilik payqadi. U avvaliga ehtimoliy «seyv»ga umid bog‘lab, darvozabon hududiga jon holatda yugurib kirdi, keyin alamidan qo‘llarini yon tomonlarga yoyib, «bechora» Rui Patrisiuga e’tiroz bildirdi. Umuman olganda, Pepe eng e’tiborli va darvozabondan qaytgan to‘pni uzoqlashtirish bo‘yicha megamutaxassis hisoblanadi. Aslida u jarima maydoniga Benzema zarba berishidan biroz oldin qadam tashladi. Referi VAR vositasida buning uchun futbolchini jazolashi ham hech gap emasdi.

Pepe g‘azabdan sakrab, darvozabonga savol ohangida qaramoqda. Bu qahr havo yoki bo‘shliq emas, aynan o‘z jamoadoshiga qaratilgan.

Pepe zarba berilishidan oldin Karim Benzema ortida turib, imo-ishoralar bilan darvozabonga sobiq klubdoshi to‘pni qaysi tomonga tepishini ko‘rsatishga urinmoqda. U Patrisiuga naq 3 marta «ko‘rsatma» berdi.

Xo‘sh, Pepe nega yo‘nalishni ko‘rsatishga urindi? Gap shundaki, Benzemada penalti tepish masalasida davriylik bor. Fransiyalik hujumchi 2019 yilning oktyabrigacha qatorasiga 5 marta darvozabonning chap tomoni, shundan keyin esa ketma-ket 6 bora o‘ng tarafga zarba yo‘llagan. Pepe esa Karim bilan «Real»da uzoq vaqt birga o‘ynagan va uni yaxshi biladi. Ehtimolki, portugaliyalik futbolchi sobiq klubdoshi o‘yinlarini haligacha kuzatib borar...

Bitta «nyuans» ham bor: Benzema Yevro-2020 startidan oldin, 2 iyun kuni Uels  termasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida darvozabonning o‘ng tomoniga zarba berdi, ammo muvaffaqiyatsiz. Ehtimol, Patrisiu shuni nazarda tutib, hujumchi yo‘nalishni o‘zgartirishini taxmin qilgandir. Har holda, unda asos bor edi - aksariyat futbolchilar penalti borasida xatodan keyin to‘p yo‘nalishini o‘zgartiradilar. Ammo Benzema o‘zgartirmadi, shunchaki, to‘pni odatdagidan balandroq ko‘tardi.

Pepeni ham tushunish kerak - uning taxmini to‘g‘ri chiqdi, biroq darvozabon «ko‘rsatma»sini inobatga olgani yo‘q. To‘g‘ri, portugaliyalik himoyachini qo‘llab-quvvatlash mumkin emas. Zero, u bunday imo-ishorasi bilan Patrisiuni chalg‘itdi, xolos. Axir Portugaliya termasida darvozabonni barcha zarur ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan maxsus tahlilchi bo‘lsa kerak.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:40, 03.07.2021.
O'qildi: 6167 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.