Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Amerika kubogi. Argentina Kolumbiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, finalga chiqdi (videosharh)

Amerika kubogi. Argentina Kolumbiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, finalga chiqdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Amerika kubogi musobaqasida ikkinchi finalchining nomi aniq bo‘ldi. Argentina terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi bahsda qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.

"Albiseleste" bahsning 7-daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Messining uzatmasidan keyin Lautaro Martines darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda esa kolumbiyalik Luis Dias Argentina posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, hisobni tenglashtirdi.

Qo‘shib berilgan daqiqalarda argentinaliklar g‘alaba to‘pini kiritishlari mumkin edi. Dastlab Lautaroning zarbasidan keyin himoyachi bo‘sh darvozaga kirayotgan to‘pni qaytargan bo‘lsa, keyinchalik Messining zarbasi ustunga tegib qaytdi.

Penaltilar seriyasida esa Argentina termasi posboni Emiliano Martines qahramonlik ko‘rsatdi. U raqibning naq 3ta zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. "Albiseleste" esa 4ta zarbaning 3tasini golga aylantirdi. Lionel Messi birinchi bo‘lib zarbani amalga oshirib, o‘z imkoniyatidan foydalandi.

Shu tariqa, Argentina qiyinchilik bilan finalga chiqdi. Lionel Skaloni jamoasiga Braziliya raqiblik qiladi.

Amerika kubogi, yarim final
Argentina – Kolumbiya 1:1 (1:0, 0:1, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasi - 3:2
Gollar: 1:0 – 7 Martines, 1:1 – 61 Dias.
Argentina – Martines, Molina (Montiyel, 46), Pesselya, Otamendi, Talyafiko, de Paul, Rodriges, Lo Chelso (Paredes, 56), Messi, Martines, Gonsales (Di Mariya, 67).
Kolumbiya – Ospina, Munyos, Mina, Sanches, Tesilyo (Fabra, 46), Kuadrado, Barrios, Kuelyar (Chara, 46), Dias, Borre (Kardona, 46), Sapata (Borxa, 60).
Ogohlantirishlar: Lo Chelso (21), Kuadrado (45), Fabra (55), Borxa (63), Montiyel (72), Munyos (75), Kardona (86), Rodriges (87), Barrios (88), Pesselya (90).

Penaltilar seriyasi
Lionel Messi, (1:1) — Xuan Kuadrado, (0:1)
Rodrigo De Paul, (1:1 - yuqori) — Davinson Sanches, (1:1 - darvozabon)
Leandro Paredes, (2:1) — Yerri Mina, (1:1 - darvozabon)
Lautaro Martines, (3:2) — Migel Borxa, (2:2)
— Edvin Kardona, (3:2 - darvozabon)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:42, 07.07.2021.
O'qildi: 10966 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик