Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

«Barselona» akademiyasi murabbiyi Toshkentda

«Barselona» akademiyasi murabbiyi Toshkentda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ayni paytda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan bolalar-o‘smirlar futboli va hududlardagi futbol akademiyalari faoliyatini jahon standartlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu maqsadda ayni kunlarda «Barselona» akademiyasida 11 yildan beri murabbiylik qilib kelayotgan va o‘ziga xos futbol metodologiyasini ishlab chiqqan David Sanches poytaxtimizda bo‘lib turibdi.



«JFL-Tashkent Football School» futbol maktabi bilan yaxshi aloqalarga ega bo‘lgan ispaniyalik mutaxassis akademiya murabbiylariga mahorat darslarini o‘tib bermoqda. Hamkorlik doirasida JFL-futbol maktabi tarbiyalanuvchilarining Ispaniyada tashkil etiladigan futbol akademiyalari o‘rtasidagi nufuzli musobaqada ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ispaniyada tashkil etiladigan yig‘inlarda «Barselona» yoshlar jamoalari bilan nazorat o‘yinlari o‘tkazish ham reja qilinmoqda.

Tajribali mutaxassis O‘FA Majlislar zalida respublikamizning turli hududlaridan kelgan futbol maktablari murabbiylariga seminar mashg‘ulotlarini o‘tib berdi. O‘quv-mashg‘uloti murabbiylar bilan ochiq savol-javob shaklida o‘tkazildi.

Seminar davomida David Sanches yosh futbol murabbiylariga o‘zining foydali tavsiyalarini berib o‘tdi va ularga o‘zi ishlab chiqqan futbol metodologiyasini prezentasiya shaklida namoyish etdi.

Tadbir yakunida MOQ raisining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov ispaniyalik mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, muntazam hamkorlikka va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishga taklif etdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 11:04, 08.07.2021.
O'qildi: 4749 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.