Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ana, xolos! Beyl NUJga ishonadi

Ana, xolos! Beyl NUJga ishonadi

Baho:
+ | -

Bir paytlari yetarli shov-shuv va qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan noma’lum uchar jismlar mavzusi hamon barhayot. Jumladan, uelslik taniqli hujumchi Garet Beyl o‘zga sayyoralik mavjudotlarga ishonishi, bu borada ko‘plab hujjatli filmlarni tomosha qilgani va o‘zi NUJni ko‘rganligini aytgan. Shuningdek, u doimo AQSH hukumatining shu mavzudagi dasturiga urg‘u beradi. Futbolchining g‘ayritabiiy qiziqishi «Tottenxem» e’tiboridan chetda qolmadi.

2021 yilning apreli. Jamoa ijodkorlari Garet Beyl va Jo Rodon ishtirokida videorolik yaratishdi. Unda qatnashchilar savollar yozilgan kartochkani olib, o‘zaro savol-javob o‘tkazishdi. Beyl Rodondan so‘radi:

- O‘zga sayyoraliklarga ishonasanmi?

- Bu mavzuda uzoq bahslashganmiz... Ular mavjud emas, qabilidagi javobni bera olmayman... Men shunchaki aytdimda... Bilmadim, taxminim 50ga 50.

- Yo‘q, menga aniq javob kerak: ishonasanmi, yo‘qmi?

- Sen filmlarni ko‘p ko‘rganing bois, ular chindan ham mavjud, deb o‘ylaysan.

- Lekin bu masalada turli nazariyalar ko‘p. NUJlar haqida AQSH hukumati tomonidan e’lon kadrlar mavjud.

- Ular qalbaki.

- Yo‘q, ularni AQSH hukumati ishlab chiqargan.

- Mening taxminim 50ga 50ligicha qoladi.

- NUJlar mavjudligiga 100 foiz ishonaman.

- Yo‘q.

- Ha, 100 foiz.

Beyl va Rodon NUJlar mavzusiga nuqta qo‘ygandek edilar. Biroq Beyl kutilmaganda savol berdi: «NUJlarni kim boshqaradi?»

Keyin Beyl NUJlar hukumatning maxfiy loyihalari ekanligini aytdi. Rodonning «Og‘ayni, sen ularni ko‘rmagansan-ku», degan luqmasiga esa, qat’iyat bilan «Yo‘q, ko‘rganman», dedi. Keyin Garet Sky Sports vakillariga NUJlarga oid fikr-mulohazalarini bayon qildi.

Beyl sitatalaridan namunalar:

*  «AQSH hukumati NUJlar haqida bir qator kadrlar va videoyozuvlarni e’lon qildi. Ularning hammasi Internetda bor».

*  «Netflix o‘zga sayyoraliklarga bag‘ishlangan bir nechta dasturlar tayyorlagan. Nima deyayotganimni yaxshi bilaman. Chunki ularga qiziqaman».

*  «NUJlarning mavjudligi haqida yetarli dalil-isbotlarga egamiz. Ularning hammasi qalbaki bo‘lishi mumkin emas».

O‘zga sayyoraliklar xususida faqat Beylning o‘zi gapirgan emas. Keyn o‘zgacha hayot formalari mavjudligiga ishonadi, Smollinglar oilasi esa ularni Sky Sports kanalida ko‘rishgan va Beylning intervyusidan keyin o‘sha savolni Garri Keynga berishgandi: «NUJlarga ishonasizmi?». Javob esa shunday bo‘ldi: «NUJlarga ishonmayman, deyishni istamayman. Men o‘zgacha hayot formalari borligini aytmoqchiman. Biz yashab turgan sayyora ulkan koinotning jajjigina bir qismi, xolos. Boshqa galaktikalarda nimalar borligini hech kim bilmaydi. Men NUJlarni ko‘rmaganman. Ammo bu ularni hech kim ko‘rmaganligini anglatmaydi. Bizda shunchaki, dalil-isbotlar yetarli emas».

Angliyalik himoyachi Kris Smollingning rafiqasi yaqinda «Instagram»dagi chiqishi orqali ko‘pchilikni lol qoldirdi: ular NUJni ko‘rishibdi. «Biz qandaydir sehrli qo‘ziqorin yoki narkotik moddalar ta’sirida emasdik. Kris ikkovimiz haqiqiy NUJni ko‘rdik! U fazodagi bir martalik chaqnash emasdi. Shuningdek, samolyot ham emasdi. NUJ bizdan uncha olis bo‘lmagan joyda yuqoriga ko‘tarila boshladi. Keyin taxminan bir soatcha havoda muallaq qoldi. U juda kichkina bo‘lgani uchun, videotasvirga tushirishning iloji bo‘lmadi. Uning aylanayotgani, atrofida olov miltillayotganini  Kris ham ko‘rdi. NUJ ustimizdan uchib o‘tayotganida, yaqqol ko‘zga tashlandi. Uni suratga olishimiz mumkin edi. Biroq biz yuz berayotgan voqeani o‘tkazib yubormaslik uchun telefonni qo‘lga olishni istamadik. Nazarimda, bu galgi NUJ o‘zgacha edi. U umuman ovozsiz edi. U o‘z atrofida tinmay aylanib turgan ikkita to‘g‘riburchakka o‘xshardi. Uning devorlarida olov yugurardi. U dron emasdi, dronning ko‘rinishi unaqa bo‘lmaydi. Qolaversa, u ovoz chiqaradi, NUJ esa ovozsiz edi. Uning tuzilishi tamoman o‘zgacha, u samolyot emasdi. Bunaqa voqeadan keyin aqldan ozish hech gapmas».

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:00, 12.07.2021.
O'qildi: 10471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.