Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

“Navbahor” ko‘rigida yangi futbolchilar

“Navbahor” ko‘rigida yangi futbolchilar

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni paytda yurtimizda yozgi transfer “oynasi” davom etmoqda. Mazkur davrda har bir jamoa o‘z tarkibini kuchaytirishni istaydi. “Navbahor” ham bundan mustasno emas, albatta.

“Lochinlar” safiga ko‘rikdan o‘tish maqsadida, bir qator legioner va mahalliy futbolchilar qo‘shilishdi.

“Navbahor”ning bugungi mashg‘ulotida ham 3 nafar yangi futbolchi ishtirok etishdi. Bular: darvozabon Hojiakbar Jo‘rayev, himoyachi Ilhom Alijonov va hujumchi Ibrohim G‘anixonov.

Mazkur o‘yinchilar bilan batafsil tanishtiradigan bo‘lsak, darvozabon Hojiakbar Jo‘rayev 2000 yil, 16 martda Toshkent shahrida tug‘ilgan. “Paxtakor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 2015 – 2017 yillarda “Paxtakor” yoshlar jamoasi tarkibida o‘ynagan. Shuningdek, O‘zbekiston kubogi doirasidagi bahslarda “Paxtakor” darvozasini qo‘riqlagan.

2018 yildan buyon Toshkentning “Lokomotiv” yoshlar jamoasida o‘ynamoqda. 2019 yilgi mavsumda O‘zbekiston kubogi doiradagi o‘yinlarda “temiryo‘lchilar” darvozasini qo‘riqlagan.

Hojiakbar Jo‘rayev jarohat tufayli joriy mavsumning 1-davrasini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

“Navbahor” muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan himoyachi Ilhom Alijonov esa 1998 yili Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. “Nasaf” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 2015–2019 yilning  1-davrasida “Nasaf” yoshlar jamoasi tarkibida o‘ynagan. 2019 yilning 2-davrasida “Navbahor”da to‘p tepgan. 2020 yilning 1-davrasida “Qizilqum” (Navoiy), 2-davrasida esa “Buxoro” (Buxoro) jamoalari sharafini himoya qilgan. Joriy mavsumning 1-davrasida “Yangiyer” (Yangiyer) jamoasida o‘ynadi.

Ilhom Alijonov kecha Toshkentdagi “To‘qimachi” stadionida “Turon”ga qarshi kechgan o‘rtoqlik bahsida “Navbahor” tarkibida maydonga tushdi.

Hujumchi Ibrohim G‘anixonov 2000 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. “Paxtakor” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. 2016 – 2017 yillarda “Paxtakor”ning yoshlar va asosiy jamoalarida to‘p tepgan. 2018 yildan buyon “Lokomotiv” (Toshkent) jamoasida o‘ynamoqda.

Ibrohim G‘anixonov bundan oldin yaypanliklar ko‘rigida bo‘lib, kecha bo‘lib o‘tgan “Navbahor” – “Turon” (2:1) nazorat o‘yinida maydonga tushib, “Turon”ning yagona javob to‘piga mualliflik qilgandi.

Mazkur futbolchilar jamoa murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirishsa, ular bilan shartnoma imzolanadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:30, 16.07.2021.
O'qildi: 4042 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.