Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Yurtimiz futbolini rivojlantirishda Gretsiya futbol federatsiyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama etildi

Yurtimiz futbolini rivojlantirishda Gretsiya futbol federatsiyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov hamda Gretsiya Diplomatiya va xalqaro munosabatlar instituti direktori Andreas Andrianopoulos o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Ravshan Ermatov Gretsiya bilan hamkorlikda ikki mamlakat terma jamoalari hamda klublar o‘rtasida xalqaro uchrashuvlarni tashkil etish, futbol mutaxassislarini qayta tayyorlash va o‘zaro tajriba almashish yo’lida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yaxshi samara berishini ta’kidlab o’tdi.

Andreas Andrianopoulos esa O’zbekiston va Gretsiya Milliy hamda turli yosh toifalardagi terma jamoalari o‘rtasida xalqaro o’rtoqlik o’yinlarini tashkil etish imkoniyati mavjud ekanligini ta’kidladi. Bu esa o’z navbatida muxlislarda qiziqish uyg’otadi va ikki mamlakat futbol tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, “Olimpiakos”, “PAOK” kabi Yevropaning nomdor klublarida murabbiylarimiz malaka oshirishi taklifi qo’llab-quvvatlandi.

Uchrashuv so’ngida Ravshan Ermatov mehmonga O‘FA takliflar yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 05:18, 17.07.2021.
O'qildi: 2899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик