Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Kosta Gutiner: “O‘zbekiston futbolini yaxshi bilaman”

Kosta Gutiner: “O‘zbekiston futbolini yaxshi bilaman”

Baho:
+1 | -

Xabaringiz bor, ayni paytda "Navbahor" ko‘rigida bir qator xorijlik futbolchilar ko‘rikdan o‘tishmoqda. Ulardan biri braziliyalik hujumchi — Kosta Tenorio Gutiner. Gutiner bilan klub rasmiy sayti uchun qisqacha mntervyu berdi.

— Yurtimiz futboli haqida ma’lumotga egamisiz?
— So‘nggi 5 yildan buyon Ukraina klublarida o‘ynayapman. Shu bois, O‘zbekiston futbolini yaxshi bilaman. “Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari haqida eshitganman. “Navbahor”ning ajoyib muxlislarga ega ekanligi, jamoa ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritganidan xabarim bor.

Klub tomonidan menga 2019 yili, ya’ni, Kiyevning “Obolon” klubida to‘p tepayotganimda ham taklif bo‘lgandi. Ammo o‘shanda ayrim sabablarga ko‘ra, Namanganga kela olmagandim. Mana endi, “Navbahor” mashg‘ulotiga qo‘shildim.

Jamoada meni juda iliq kutib olishdi. Barcha yigitlar bilan birpasda yaxshi chiqishib ketdim. “Navbahor”ning mashg‘ulotlariga ham ko‘plab muxlislar tashrif buyurishar ekan. Umuman olganda, Namanganga kelganimga endigina 6 kun bo‘lgan bo‘lsa-da, xuddi bir oydan buyon shu yerda yurgandekman, go‘yo.

— Qaysi futbolchining o‘yiniga havas qilasiz?
­— Albatta, hamyurtim bo‘lganligi bois, Fransiyaning “PSJ” klubi hamda Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning o‘yinlariga havas qilaman.

— Yevro-2020 va Kopa Amerika – 2021 musobaqalarining final o‘yinlarini tomosha qildingizmi?
— Albatta, tomosha qildim. Bunday bahslarni qoldirib bo‘larkanmi?

Yevro-2020 finalida Italiya terma jamoasining zafar quchishini kutgandim. Bu taxminim o‘zini oqladi va italyanlar chempion bo‘lishdi. Kopa Amerika – 2021 finalida esa terma jamoamizning mag‘lubiyatga uchrashini esa to‘g‘risi, kutmagandim. Boisi, uchrashuv Braziliyada o‘tkazilgandi. Ammo, nimayam derdim, bu futbol. To‘g‘ri, Argentina termasi kuchli jamoa hamda uning tarkibida jahonning eng kuchli futbolchisi Lionel Messi o‘ynaydi. Biroq argentinaliklar hamyurtlarimiz tomonidan yo‘l qo‘yilgan bitta xatodan samarali tarzda foydalanish evaziga g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi.

— Muxlislarga tilaklaringiz...
— “Navbahor” yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoa. Klub bilan shartnoma imzolaydigan bo‘lsam, o‘zimning nimalarga qodirligimni maydonda o‘z o‘yinim va gollarim bilan isbotlashga harakat qilaman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:00, 18.07.2021.
O'qildi: 6126 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.