Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

«Navbahor» Qirg‘iziston klubini mag‘lub etdi

«Navbahor» Qirg‘iziston klubini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Bugun Namangandagi “Markaziy” stadionda Namanganning “Navbahor” va Oshning “Alay” klubi o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi. Xalqlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, qolaversa, yozgi tanaffus payti ko‘rikda bo‘lib turgan futbolchilar imkoniyatlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan mazkur bahsda “lochinlar” 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning dastlabki qismidayoq ustunlikni o‘z qo‘liga olgan “Navbahor” futbolchilari ketma-ket hujumlar uyushtirishdi. Dastlabki urinishda Sardor Telyakov darvoza tomon noaniq zarba yo‘llagan bo‘lsa, keyingi vaziyatda futbolchilarimiz standart vaziyatdan unumli foydalana bilishmadi. 14-daqiqada “lochinlar” burchakdan to‘pni o‘yinga kiritishdi, sherigidan to‘pni qabul qilgan braziliyalik Kosta Gutiner uni jarima maydonchasi ichiga oshirdi va ushbu vaziyatda “Navbahor”da ko‘rikdan o‘tayotgan boshqa bir legioner – Boyan Siger boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi – 1:0.

Bo‘lim oxirlarida Ibrohim G‘anixonov ikkita qulay imkoniyatga ega bo‘lgandi, ammo uning zarbasi yo‘liga “Alay” posboni to‘sqinlik qildi.

Ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Zabihillo O‘rinboyev hamda Abbosjon G‘ulomovda ham gol urish uchun fursat tug‘ildi, lekin so‘nggi pallada ularning urinishlari besamar yakunlandi. Shuningdek, Telyakov yana bir bor kuchli zarba bilan oshliklar darvozabonining hushyorligini sinovdan o‘tkazdi: “Alay” posboni yana ishonchli harakat qildi.

88-daqiqada Kosta Gutiner yana faollik ko‘rsatib, bu safar chap qanotdan to‘pni sheriklariga havolatib uzatdi. Mazkur holatda raqib jamoa himoyachilaridan faolroq harakat qilgan Igor Golban uchrashuvdagi ikkinchi golni urib, shu tariqa yakuniy hisobni ham o‘rnatdi – 2:0. Natijada, ikki markaziy himoyachimiz tomonidan urilgan gollar “Navbahor”ning ustunligini ta’minladi.

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
19 iyul (dushanba)
“Navbahor” (Namangan) – “Alay” (Osh) – 2:0 (0:0)
Gollar: Boyan Siger (14), Igor Golban (88).
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Igor Golban, Boyan Siger, Davronbek Hoshimov (Xushnudbek Avilov, 90), Mirzohid G‘ofurov (Ilhom Alijonov, 46), Azimjon Ahmedov, Sardor Telyakov (Muzaffar Mo‘minov, 75), Quvondiq Ro‘ziyev, Ibrohim G‘anixonov (Zabihillo O‘rinboyev, 46), Kosta Gutiner, Islombek Isoqjonov (Abbosjon G‘ulomov, 44).
“Alay”: Azamat Jomartov, Jamshid Kobulov, Sanjar Turakulov, Marat Adjiniyazov, Almaz Malikov, Alisher Mirzoyev, Nurlan Sarikbayev, Temur Tolipov, Idris Bikmaykin, Manas Karipov, Eldar Moldojunusov.
Zaxira: Temirlan Apaz uulu, Dastan Alibekov, Erlan Mashirapov, Asadbek Alimov, Islom Shamshiyev, Jahongir Mahmudov, Sirgabolot Orozbek uulu, Nurdoolot Stalbekov, Ahlidin Israilov.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:46, 19.07.2021.
O'qildi: 4113 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.