Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Tokio-2020. Ulug‘bek Rashitov eronlik taekvondochini mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

Tokio-2020. Ulug‘bek Rashitov eronlik taekvondochini mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik 19 yoshli taekvondochi Ulug‘bek Rashitovning g‘alabali yurishi davom etmoqda. Hamyurtimiz olimpiadadagi uchinchi jangida ham g‘alaba qozondi.

Chorak finalda hamyurtimiz eronlik Mirhoshim Hussayniy ro‘baro‘ keldi. Birinchi bo‘limda sportchilar tengma-teng kurash olib borishdi va Ulug‘bek 7:6 hisobida oldinga chiqib oldi.

Ikkinchi raundda esa Rashitov ustunlikni o‘z tomoniga og‘dira boshladi va hisobni 14:8ga yetkazib qo‘ydi.

Eronlik taekvondochi uchinchi raundda hisobdagi farqni yo‘qqa chiqarishga qattiq urindi va ochiq jangga kirishdi. Ma’lum paytga kelib hisobdagi farq bor-yo‘g‘i 4 ochkoni tashkil qildi. Ammo Ulug‘bek bo‘sh kelmadi. Ayniqsa jangning so‘nggi daqiqasida qandaydir 18 soniya ichida Rashitov 12 ochko jamg‘arib, raqibidan ancha oldinga o‘tib oldi. Yakuniy hisob esa 34-22, Ulug‘bek Rashitov yarim finalda!

Vatandoshimiz yarim finalda bosniya va gersegovinalik Nedzad Xushichga qarshi dayanga chiqadi. Ushbu jang Toshkent vaqti bilan 12:18da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:43, 25.07.2021.
O'qildi: 4187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик