Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Katta futboldagi ikkinchi mavsum va ajoyib natijalar!

Katta futboldagi ikkinchi mavsum va ajoyib natijalar!

Baho:
+ | -

Evroda ishtirok etayotgan o‘yinchilar dam olayotgan paytda, 18 yoshli Pedri mavsumni davom ettirmoqda. Payshanba kuni «Barsa» yarim himoyachisi o‘zining Olimpiadadagi debyutini o‘tkazdi va Misrga qarshi maydonda to‘liq harakat qildi. 

Misrga qarshi Pedri Ispaniya tarkibida Yevroda qatnashganlar orasida yolg‘iz emas edi. Unai Simon (mavsumda 57 uchrashuv), Erik Garsiya (24), Pau Torres (58), Dani Olmo (62) va Mikel Oyarsabal (56) ham Olimpiadaga bordi.

 Ammo Pedri uchun bu uning kattalar darajasidagi ikkinchi to‘liq mavsumi, shuning uchun uning bu natijasi alohida ahamiyatga ega.

Pedri o‘ynalgan daqiqalar bo‘yicha Yevropada yetakchilardan biri hisoblanadi (umumiy ro‘yxatda 11-o‘rin, ispanlar orasida uchinchi o‘rin). Ispaniya terma jamoasi uchun faqat Unai Simon va Eymerik Lyaport (markaziy himoyachi) ko‘proq o‘ynadi. 

Pedri  Yevroda barcha 6 uchrashuvda maydonga tushdi va uning o‘rniga faqat chorak finalning 119-daqiqasida Rodrigo maydonga tushgan edi.

Bundan tashqari, Pedri bosib o‘tilgan masofa bo‘yicha Yevro-2020 uchligida - 76,1 km (ispanlar orasida eng yaxshisi).

O‘tgan yozda Las-Palmasdan kelgan yarim himoyachi bir yil ichida nima qilganini ko‘rib chiqamiz. Keling, 2020 yil 3 sentyabrni boshlang‘ich nuqta sifatida qabul qilaylik - o‘sha kuni Pedri Shimoliy Makedoniya U-21 ga qarshi 20 daqiqa harakat qildi:

Barselona: 52 o‘yin (La Liga - 37, Ispaniya kubogi - 6, Ispaniya Superkubogi - 2, Chempionlar Ligasi - 7).

Ispaniya terma jamoasi: 10 ta uchrashuv (6 ta Yevro, 3 ta JCH-2022 saralashi, 1 ta o‘rtoqlik uchrashuvi).

Ispaniya U-21: 4 ta o‘yin (U-21 Yevropa chempionatining 4 ta saralash bosqichi)

Olimpiya jamoasi: 1


Hammasi bo‘lib: 67 ta uchrashuv, 49 ta asosiy tarkibda.

Ha, har ehtimolga qarshi: futbol bo‘yicha Olimpiada musobaqasining finali 7 avgust kuni va 15 avgustda «Barselona» La Ligada «Real Sosedad»ga qarshi bahs bilan mavsumni boshlaydi. 

To‘g‘ri, Pedri u yerda o‘ynashi dargumon. Kataloniya klubi  bu u uchun og‘ir yuk bo‘lishini biladi va hattoki uni Tokiodagi o‘yinlarga chaqirmaslikni ham iltimos qilishgan edi, faqat Ispaniya futbol federasiyasi buni rad etdi.

Bir paytlar Messini Pekin-2008ga yuborgan Pep Gvardiola ham Pedrining jadvalini ortiqcha deb biladi: «Baribir yozgi musobaqa ortiqcha. Messi 2008 yilgi Olimpiadaga bordi, chunki o‘shanda u na Jahon chempionatida, na Amerika kubogida qatnashmagan edi", - dedi Gvardiola.

18 yoshli futbolchi o‘zi uchun katta mavsumni o‘tkazdi va hamon davom ettirmoqda. Uning nafaqat maydondagi foydali harakatlari, balki, jismoniy holati ham taqsinga sazovor. 

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 16:41, 25.07.2021.
O'qildi: 4288 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.