Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

"So‘g‘diyona" — AGMK: prevyu

"So‘g‘diyona" — AGMK: prevyu

Baho:
+ | -

Superliganing 13-turi doirasidagi "So‘g‘diyona" - AGMK uchrashuvi oldidan mazkur o‘yin haqida tayyorlangan prevyuni taqdim etamiz.

O‘zaro o‘yinlar tarixi haqida

— Mazkur jamoalar to‘qnashuvlari tarixiga e’tibor qaratsak, bo‘lajak o‘yin "So‘g‘diyona" va AGMK o‘rtasidagi 25-uchrashuvga aylanadi. Qayd etilgan natijalar ko‘rsatkichi jizzaxliklar foydasida. O‘tkazilgan bellashuvlarning 8tasida AGMK g‘alaba qozongan bo‘lsa, "So‘g‘diyona" hisobida 9 g‘alaba mavjud. Qolgan 7 o‘yinda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbati ko‘rsatkichi esa jamoamiz foydasida: 37-33.

Raqib haqida

— "So‘g‘diyona" ayni paytda 12 o‘yindan 23 ochko to‘plagan holda jadvalda 3-o‘rinni egallab turibdi. Ulug‘bek Baqoyev jamoasi joriy mavsum faqatgina "Nasaf"ga mag‘lub bo‘ldi. "So‘g‘diyona" Jizzaxda joriy yil mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda. Jamoa o‘tkazilgan 5 uchrashuvda 3 g‘alaba va 2 durang qayd etgan.

AGMKning turnir jadvalidagi holati haqida

— AGMK birinchi davrani barqaror o‘tkazmoqda. Jizzaxdagi o‘yin davra doirasidagi oxirgi o‘yin bo‘ladi. Ayni paytda jamoa hisobida 25 ochko mavjud va musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibmiz.

Tayyorgarlik haqida

— AGMK yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, mavsumning ikkinchi qismiga Chimyon tog‘-yon bag‘ridagi "Archazor" kompleksida tayyorgarlikning dastlabki bosqichini o‘tkazdi. Keyinchalik jamoa Olmaliqda to‘planib, ikkinchi davra o‘yinlari va xususan "So‘g‘diyona" bilan o‘yinga taraddud ko‘rdi. Yig‘in doirasida jamoamiz "Andijon"ga qarshi nazorat bahsini o‘tkazib, unda g‘alaba qozondi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoamiz Jizzaxdagi bo‘lajak o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Xushtak egasi

— Bo‘lajak bahsni boshqarish tajribali referi Ilgiz Tantashev gardaniga tushdi. Mazkur tayinlov Ilgiz Tantashev uchun AGMK ishtirokidagi 24-bahsga aylanadi. Ilgiz Tantashev boshqargan o‘yinlarda jamoamiz: 10 g‘alaba, 8 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, Superliganing 13-turi doirasidagi "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yin 31 iyul kuni Jizzax shahridagi "Markaziy" stadionda soat 20:00da boshlanadi. O‘yin karantin talablariga muvofiq muxlislarsiz o‘tkaziladi.

Superliga, 13-tur.
31 iyul, shanba.
«So‘g‘diyona» — AGMK
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko, Timur Gaynulin, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Shohruh Said

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 14:21, 30.07.2021.
O'qildi: 1679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.