Kirish Ro'yxatdan o'tish

Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi «Continental» turnirida 3-o‘rinni egalladi

Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi «Continental» turnirida 3-o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Tailandda o‘tkazilgan «Continental» xalqaro musobaqasi 3-o‘rinni egalladi.

Bronza medallari uchun kechgan uchrashuvda Bahodir Ahmedov shogirdlari Misr terma jamoasi bilan to‘qnash kelishdi. Dastlabki daqiqalarda misrliklar faol harakat qilishgan bo‘lsa, darvozabonimiz bir nechta zarbalarni qaytardi.

Ikkinchi taymda esa ustunlik O‘zbekiston tomoniga o‘tdi va vakillarimiz bahs oxiriga qadar raqib darvozasini 4 marta ishg‘ol qilishdi.

«Continental» xalqaro turniri. 3-o‘rin uchun bahs
O‘zbekiston - Misr - 4:0
Gollar: Anasxon Rahmatov 21ʼ, 40ʼ, Ixtiyor Ropiyev 25ʼ, Akbar Usmonov 26ʼ

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:56, 30.07.2021.
O'qildi: 4592 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик