Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

"Surxon" katta murabbiyi Rustam Aripov: "Bosh murabbiy masalasini rahbariyat ko‘rib chiqmoqda"

"Surxon" katta murabbiyi Rustam Aripov: "Bosh murabbiy masalasini rahbariyat ko‘rib chiqmoqda"

Baho:
+ | -

Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Surxon" (2:1) uchrashuvidan so‘ng termizliklar katta murabbiyi Rustam Aripov fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yin haqida nima deyishim mumkin? O‘zinglar ko‘rdinglar bugun ikkita teng jamoa to‘qnash keldi. Biz uchun ham, raqib uchun ham bahs muhim edi. Turnir jadvalidan ham olib qaralganda uch ochko kerak edi. Yigitlarga rahmat aytaman. O‘zimizning xatolarimiz evaziga gollar o‘tkazib yubordik. Xatolar ustida ishlab keyingi bahslarda muxlislar kutgan o‘yinni ko‘rsatishga harakat qilamiz", — dedi Rustam Aripov.

— Uchrashuvni boshqarib borgan hakamlarga e’tirozingiz bormi?
— Hakamlarga e’tirozim yo‘q. Ularning ishini ko‘rib chiqadigan qo‘mita bor. O‘ylashimcha, hammasi yaxshi bo‘ladi.

— "Surxon" o‘tgan yilgiga qaraganda ishonchliroq o‘ynayaptimi? Bu borada nima deya olasiz?
— Natijadan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, o‘yinimiz ishonchsizroq ko‘rinmoqda. Bu yil yangi jamoa yig‘ildi. Hamma murabbiyga ham, futbolchilarga ham kelishib ketishi uchun vaqt kerak. Ikkinchi davrada yaxshi ishtirok etishga urinamiz.

— "Surxon" jismoniy tomondan yaxshi ekanligi sezildi. Hisobda ortda borayotib tenglashtirdi. Ammo himoyadagi muammolar sabab bugun jamoa yutqazdi, desak bo‘ladimi?
— Hisobda orqada bo‘lishimizga qaramasdan tenglashtirib oldik. Shundan so‘ng yigitlar hissiyotlarga berilib oldinga g‘alaba uchun chiqishdi. Natijada raqibning qarshi hujumini o‘tkazib yubordik. Jamoamizni jismoniy tomondan yaxshi tayyorlashga harakat qildik.

— Raqib jamoa tarkibidagi qaysi futbolchini ajratib ko‘rsata olasiz?
— Men o‘zimning futbolchilarim haqida gapirganim ma’qulroq.

— Ikkinchi davra uchun rejalar qanday? Transferlar oynasi yopilguniga qadar klub kimlarni olib kelishni rejalashtirgan edi-yu, kimlarni olib kela olmadi?
— Ayrim sabablarga ko‘ra bir nechta futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olganimiz yo‘q. Transferlar oynasi yopilguniga qadar yana kerakli futbolchilarni olamiz, degan umiddaman. Muxlislar buni matbuot orqali eshitishadi. Kelayotgan futbolchilardan umidimiz katta. Maqsadimiz yo‘lida kurashamiz, jangovar jamoa tuzishimizga ishonaman.

— Jamoada bosh murabbiy shtati joriy etiladimi?
— Bosh murabbiy masalasini rahbariyat ko‘rib chiqmoqda.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 06:16, 31.07.2021.
O'qildi: 1981 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.