Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

UZREPORT TV Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarining eksklyuziv translyasiya huquqini xarid qildi

UZREPORT TV Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarining eksklyuziv translyasiya huquqini xarid qildi

Baho:
+-1 | -

Joriy yilning 24 avgustidan 5 sentyabriga qadar Tokioda Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik bir qator sportchilar o‘q otish, parakanoe, parasuzish, uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish, nayza uloqtirish, balandlikka sakrash, para-taekvondo kabi yo‘nalishlarda ishtirok etishadi.

Musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, UZREPORT TV telekanali Paralimpiya o‘yinlarining eksklyuziv translyasiya huquqini xarid qildi.

“Paralimpiya o‘yinlari maqsad sari intiluvchan sportchilar uchun katta imkoniyatlar eshiklarini ochadi, ularga maydonda ham, maydon tashqarisida ham o‘z orzularini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi ”, - dedi UZREPORT axborot agentligi bosh direktori Ravshanxon Djurayev. “Har kuni ko‘plab to‘siqlarni yengib o‘tadigan bu sportchilar UZREPORT telekanali tomonidan targ‘ib qilinayotgan qadriyatlarning ajoyib timsolidir. Biz faxr bilan Paralimpiya o‘yinlarini O‘zbekistonda bizning telekanal translyasiya qilishini e’lon qilamiz. Umid qilamizki, hamyurtlarimiz bu musobaqalarda Riodagi kabi muvaffaqiyatli ishtirok etishadi".

«Sportchilarimizning katta yoki kichik har bir yutug‘i hammamiz uchun g‘alaba. Biz ularning to‘siqlarni yengib o‘tish va orzularini ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan cheksiz intilishidan ilhom olamiz. Biz har bir o‘zbekistonlikdan paralimpiyachilarimizni qo‘llab-quvvatlashni, Paralimpiya sporti yordamida yanada inklyuziv jamiyat yaratish yo‘lida birlashishni so‘raymiz ”, - dedi UZREPORT TV bosh muharriri Gulnoza Husanova.

Ma’lumot uchun, Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston 8ta oltin, 6ta kumush, 17ta bronza — jami 31ta medalni qo‘lga kiritib, umumiy hisobda 15-o‘rinni egallagandi.

Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Tokio Paralimpiya o‘yinlarida 22 sport turi bo‘yicha 539 medallar to‘plami o‘ynaladi. O‘yinlarda 4400 sportchi ishtirok etishi kutilmoqda, shundan 1756 nafar ayollar - bu o‘yinlar tarixidagi rekord ko‘rsatkich.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 15:20, 03.08.2021.
O'qildi: 2466 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.