Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Tokio-2020. Erkin kurashchilarimiz bronza medali uchun kurashadigan bo‘ldi

Tokio-2020. Erkin kurashchilarimiz bronza medali uchun kurashadigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Bugun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining saralash bosqichlarida ishtirok etgan erkin
kurashchilarimiz G‘ulomjon Abdullayev (-57 kg) va Javrail Shapiyev (-86 kg) imkoniyatni boy berishgan edi. Ertaga ular bronza medali uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldilar.

Boisi hamyurtlarimizni mag‘lub etgan kurashchilar Zaur Uguyev (-57 kg) va Hasan Yazdani (-86 kg) finalga yo‘l olishdi. Bu borada vakillarimiz dastlab o‘tish bosqichidagi raqiblarini mag‘lub etishi kerak. Demak, ertaga vakillarimizning o‘tish bosqichidagi va uni muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirlarida bronza medali uchun kurashadigan raqiblari quyidagicha:

-57 kg: G‘ulomjon Abdullayev / Tomas Gilman (AQSH) – Rizo Atri (Eron);
-86 kg: Javrail Shapiyev / Stefan Reyxmus (Shveysariya) – Artur Nayfonov (ROQ).

Shuningdek, ertaga -74 kg vazn toifasida yana bir vakilimiz Bekzod Abdurahmonov ham o‘z ishtirokini boshlaydi. Unga birinchi davrada Puerto-Riko vakili Franklin Gomes raqiblik qiladi.

Kiritildi: 15:42, 04.08.2021.
O'qildi: 5680 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик