Erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Polvonimiz o‘tish bosqichini muvaffaqiyatli tugatdi.
Gvineya-Bissau vakili Augusto Midanaga qarshi bellashuv hamyurtimizning to‘liq ustunligida o‘tdi va Abdurahmonov katta qiyinchiliksiz g‘alaba qozondi. Ochkolar farqi 10 ballga yetgani bois jang muddatidan avval yakunlandi.
Endi u kechki dasturda bronza medali uchun qozog‘istonlik Daniyar Kaysanovga qarshi gilamga chiqadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 15:40da boshlanadi.