Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

O‘zbekiston Tokio-2020da medallar reytingida 32-pog‘onani egalladi. Avvalgi olimpiadalarda qanday bo‘lgandi?

O‘zbekiston Tokio-2020da medallar reytingida 32-pog‘onani egalladi. Avvalgi olimpiadalarda qanday bo‘lgandi?

Baho:
+ | -

Yaponiyaning Tokio shahrida 23 iyuldan 8 avgustga qadar yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada O‘zbekiston nomidan 17 ta sport turi bo‘yicha jami 65 ta yo‘nalishda atletlar ishtirok etdi. O‘zbekistonliklar sportchilar Olimpiadada umumiy hisobda 5 ta (3 ta oltin va 2 ta bronza) medalni kiritdi va umumjamoa hisobida 32-o‘rinni egalladi.

Birinchi o‘rinni Amerika Qo‘shma Shtatlari vakillari egallagan bo‘lsa, Xitoy va Yaponiya ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni band etdi. Medallar umumiy reytingi bilan ushbu havolada tanishish mumkin.

Davlat Jami
1 AQSH 39 41 33 113
2 Xitoy 38 32 18 88
3 Yaponiya 27 14 17 58
4 Buyuk Britaniya 22 21 22 65
5 Rossiya 20 28 23 71
6 Avstraliya 17 7 22 46
7 Niderlandiya 10 12 14 36
8 Fransiya 10 12 11 33
9 Germaniya 10 11 16 37
10 Italiya 10 10 20 40


O‘zbekiston Osiyo qit’asida Xitoy (2), Yaponiya (3), Janubiy Koreya (16) va Erondan (27) keyin beshinchi eng yaxshi natijani qayd etdi. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari orasida esa Rossiyadan (5) keyingi bo‘ldi.

Bu medallar sifati bo‘yicha O‘zbekiston uchun Olimpiya o‘yinlari tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija bo‘ldi. 2016 yilda Rioda o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida 13 ta medal (4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza) jamg‘arilgandi. O‘shanda O‘zbekiston delegasiyasi 21-o‘rin bilan musobaqani yakunlagan.

Atlanta-1996 — 0-1-1 = 2 (58-o‘rin)
Sidney-2000 — 1-1-2 = 4 (43-o‘rin)
Afina-2004 — 2-1-2 = 5 (34-o‘rin)
Pekin-2008 — 0-1-3 = 4 (62-o‘rin)
London-2012 — 0-0-3 = 3 (75-o‘rin)
Rio-2016 — 4-2-7 = 13 (21-o‘rin)
Tokio-2020 — 3-0-2 = 5 (32-o‘rin)

Tokiodagi Olimpiadada jami 1080 ta medal (340 ta oltin, 338 ta kumush va 402 ta bronza) o‘z egalariga topshirildi. 93 ta mamlakat vakillari kamida bittadan sovringa ega bo‘ldi. Shuningdek, 65 ta delegasiya, jumladan, O‘zbekiston ham o‘z hisobiga oltin medal yozdirib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasida Ulug‘bek Rashidov (taekvondo), Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika) va Bahodir Jalolov (boks) oltin, Davlat Bobonov (dzyudo) hamda Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash) bronza medaliga ega chiqdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:26, 08.08.2021.
O'qildi: 12110 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик