Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 18:00 Polsha - Niderlandiya
16/06 20:00 So‘g‘diyona 1-0 Nasaf
16/06 20:00 Paxtakor 0-0 Navbahor
16/06 21:00 Sloveniya 1-1 Daniya
16/06 23:59 Serbiya 0-1 Angliya
17/06 18:00 Ruminiya - Ukraina
17/06 20:00 Lokomotiv - Dinamo
17/06 20:00 Olimpik - OKMK
17/06 21:00 Belgiya - Slovakiya
17/06 23:59 Avstriya - Fransiya
18/06 21:00 Turkiya - Gruziya
18/06 23:59 Portugaliya - Chexiya

Sancho - kuchli uchlikda: "Manchester Yunayted" amalga oshirilgan eng qimmat 10ta transfer

Sancho - kuchli uchlikda: "Manchester Yunayted" amalga oshirilgan eng qimmat 10ta transfer

Baho:
+ | -

Yevropa chempionati tugagach, rejalashtirilganidek, "Manchester Yunayted" Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sanchoning transferi haqida ma’lum qildi. Ingliz klubi futbolchiga uzoq vaqt davomida qiziqish bildirdilar. Va oxiri mazkur transfer amalga oshdi.


Mankunianliklar ingliz futbolchisini 70 million yevro evaziga sotib oldi. Biroq, mazkur summa qanchalik katta bo‘lmasin, "qizil iblislar" tarixidagi eng qimmat transfer emas. Ammo, Sancho xaridi mazkur ro‘yxatning kuchli uchtaligidan joy oldi. Sezganingizdek. quyida sizlar bilan "MYU" tarixidagi eng qimmat transferlar haqida suhbat qilmoqchimiz.


Rio Ferdinand

Qayerdan: "Sautgempton"

Transfer narxi: 46 million yevro

"Manchester Yunayted" Ferdinand bilan 2002-yil iyul oyida shartnoma imzolagan. "Vest Xem"
tarbiyalanuvchisi 12 yil davomida "Old Trafford"da to‘p tepgan. Futbolchi keyinchalik "QPR" klubi safida faoliyatini yakunladi. Rio - "Manchester Yunayted" tarixidagi eng ajoyib futbolchilardan biri.

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi, klub bilan birgalikda, Angliyaning 6 karra
chempioni, 4 marta Angliya Superkubogi, 2 marta Liga kubogi, shuningdek, bir marta
Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.

Bruno Fernandesh

Qayerdan: "Sporting"

Transfer narxi: 55 million yevro

"Manchester Yunayted" Fernandesh bilan 2020-yil yanvar oyida shartnoma imzoladi. Uzoq vaqt
mankunianliklar futbolchining transferi borasida "Sporting" bilan kelisha olishmadi. Oxir-oqibat, bitim transfer oynasi yopilishidan bir necha kun oldin yakunlandi. Qishgi transfer oynasida bunday katta miqdordagi mablag‘ futbolchilar uchun kamdan -kam to‘lanadi, shuning uchun uni
"Manchester Yunayted"da dastlab ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishgan. Ammo bu uzoq
davom etmadi.

Bruno tezda jamoa yetakchisiga aylandi va "MYU"dagi ko‘pgina yosh futbolchilarga o‘rnak bo‘lishni uddaladi. Hozirda,
portugaliyalik Ole-Gunnar Sulsherning asosiy futbolchisidan biri hisoblanadi.


Aaron Van-Bissaka

Qayerdan: "Kristal Pelas"

Transfer narxi: 55 million yevro

"Manchester Yunayted" Van-Bissakining karyerasidagi ikkinchi klub hisobalnadi. 2019-yilning yozida "Kristal Pelas" futbolchisi hisoblangan Aoran "Old Trafford"ga ko‘chib o‘tdi. Mankunianlarga yosh va yuqori darajada o‘ynaydigan o‘ng qanot himoyachisi kerak edi va bu anan Bisakka edi. Aaron darhol yangi jamoadagi o‘rnini egalladi va shunday bo‘lib qoldi. Diogo Dalot va Brandon Uilyams hali ingliz futbolchisi bilan raqobatlasha olmaydi. Van-Bissaka o‘ziga to‘lagan mablag‘ni to‘liq oqladi va mankunianlarga ham ichki va ham Yevropa maydonlarida yordam bermoqda.


Fred

Qayerdan: "Shaxtyor Donetsk"

Transfer narxi: 59 million yevro

Fred "Manchester Yunayted" safida 2018-yilning iyulidan beri o‘ynab keladi. Mankunianliklar bilan tuzilgan shartnoma "Shaxtyor" uchun ancha foydali bo‘lib chiqdi. "Konchilar" yarim himoyachini Braziliyaning "Internasional" klubidan 15 millionga sotib olishgandi va inglizlarga 59 million yevroga sotishdi.

Bu transfer "Manchester Yunayted" uchun muvaffaqiyatli bo‘ladimi yoki yo‘qligini aytish qiyin. Sababi, braziliyalik iqtidor "MYU"da o‘z o‘rniga ega emas. Fred "Old Trafford"da har xil o‘ynamoqda. Vaqti-vaqti bilan futbolchi ingliz klubini tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘ladi, ammo hozircha u jamoada qolmoqda. Tomonlar shartnomani uzaytirishi mumkin. Bunday ma’lumotlar Britaniya OAVlarida ham paydo bo‘ldi.


Antoni Marsyal

Qayerdan: "Monako"

Transfer narxi: 60 million yevro

Marsyal "Manchester Yunayted"ga 2015-yilning kuzi oylarida kelib qo‘shilgan. Fransuz futbolchisi allaqachon ingliz klubida 6 mavsumni o‘tkazib ulgurdi, biroq bu vaqt ichida u jamoaning yetakchisi futbolchisiga aylana olmadi. Ingliz klubi rahbariyati futbolchiga ishonishadi . Bunga isbot esa "qizil-iblislarning" 2019-yil boshida Antoni bilan shartnomani uzaytirganlaridir. Ammo shu bilan birga, futbolchini "MYU"gi "kursisi qimirlab qolagan". Sababi, Marsyalning ketishi bilan bog‘liq mish-mishlar ushbu transferlar mavsumida ancha "bolalagan".


Anxel Di Mariya

Qayerdan: "Real Madrid"

Transfer narxi: 75 million yevro

 

Di Mariya faoliyatini "Real"da o‘tkazdi va 2014-yilning yozida "Manchester Yunayted" libosini kiyishga musharraf bo‘lgan. Ammo argentinalik futbolchi Manchesterda o‘zini yaxshi ko‘rsata olmadi. Anxel "MYU" bilan bir mavsum yaxshi o‘yin o‘tkazdi va o‘sha yili 12 ta golli
uzatmani amalga oshirdi. Biroq, mazkur omadli mavsum "Old Trafford" futbolchi uchun birinchi va oxirgisi bo‘ldi.

Keyiinchalik, ingliz klubi Di Mariyani "PSJ"ga 63 million yevroga sotib
yuborishdi. Turli sabablarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Anxel uchun noto‘g‘ri klub bo‘lib
chiqdi, lekin Parijda u hozirgi paytda ham ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda.


Romelu Lukaku

Qayerdan: "Everton"

Transfer narxi: 84,7 million yevro

"Everton"dagi omadli mavsumidan so‘ng Lukaku "Manchester Yunayted" safiga borib qo‘shildi. Belgiyalik "irislar" safida 2016/17 yilgi mavsumda 25ta
gol urdi va ushbu natijadan so‘ng, "qizil iblislar" qiziqishi doirasiga tushdi. Hujumchi 2017-yil iyul oyida "Everton"ni tark etdi. O‘sha mavsumda futbolchi "MYU"
tarkibiga borib qo‘shildi va ikki mavsum o‘ynadi. Umuman olganda, bu yomon davr emas edi. Sababi, birinchi mavsumda hujumchi "Manchester Yunayted" safida APLda 16ta gol urgan bo‘lsa, ikkinchisi yili 12ta golni o‘zhisobiga yozdirib qo‘ygan.
Biroq, ko‘pgina OAV va mutaxassislar Lukakuni tanqid qilib kelardi.

Oxirida, bunday kuchli bosimga dosh berolmagan Romelu "Inter"ga o‘tdi va Milan
jamoasining asosiy yulduziga aylandi. A Seriyada ikki mavsum o‘ynagan futbolchi 47ta gol urishga erishdi. Uning bunday ajoyib o‘yinlarini ko‘rgan "Chelsi" joriy yilgi transferlar oynasi vaqtida Lukakuni yana APLga qaytarishga erishdi. London klubi belgiyalik futbolchi transferi uchun italiyaliklar hisob raqamiga 117 million yearo o‘tkazib berishga majbur bo‘lgan.

Jeydon Sancho

Qayerdan: "Borussiya Dortmund"

Transfer narxi: 85 million yevro

Taxmminlarga ko‘ra, Sancho transferi "Manchester Yunayted"ning so‘nggi yillardagi eng omadli xaridi bo‘lgan. Birinchidan, ingliz klubi Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchilaridan birini sotib oldi. Ikkinchidan esa, Jeydon "MYU" uchun eng qimmat transferlardan biriga aylandi. Sancho bu ko‘rsatkich bo‘yicha ro‘yxatning kuchli uchliligiga kirdi.

Sancho Premyer Ligada o‘ynashni juda xohlagandi va bu amalda ham o‘z tasdig‘ini topdi. Angliya klubi yosh vingerga katta umid bog‘lamoqda.


Harri Maguayr

Qayerdan: "Lester"

Transfer narxi: 87 million yevro

"Manchester Yunayted" bir necha yillardan buyon markaziy himoyachi qidirishgan.
Mankunianliklar Maguayrni himoyadagi muammolarning yechimi deb hisoblashdi va "Lester"dan katta pul evaziga sotib oldi.

Manchesterda Harrini muxlislar va rahbariyat qo‘llab -quvvatlashdi va sardorlik bog‘ichini unga berdi. Klub afsonasi Roy Kin futbolchini bunday maqtovga loyiq emas deb hisoblladi. Ammo, ingliz klubi futbolchiga ishonishda davom etdi. Yaqinda, "MYU" "Real" futbolchisini sotib oldi. Bu esa yangi mavsumda mankunianliklarning daxshatli himoya chizig‘idan dalolatdir.


Pol Pogba

Qayerdan: "Yuventus"

Transfer narxi: 105 million yevro

Pogba - "Manchester Yunayted" tarixidagi eng qimmat transfer. Fransuz - mankunianliklar
tarixidagi 100 million yevrodan ko‘proq pul sarflagan yagona futbolchi. Bu 2016-yil avgust oyida sodir bo‘lgan. Yarim himoyachi Manchesterda juda yaxshi harakat qilyapti, deb ayta olmaymiz. Sababi, besh yil ichida "Manchester Yunayted" bilan faqatgina Yevropa ligasi va Liga
kubogini yutdi xolos. Bular esa ham futbolchi, ham klub uchun eng yuqori cho‘qqi emas.

Pogbaning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoldi. Bu yozda futbolchi
muhim qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi. Bir tomondan mankunianlar yuqori maqsadlarga erisha
oladigan tarkibni yig‘ishdi. Aftidan, fransuz "Old Trafford"da qolishni unchalik istamayabdi.
"Yunayted" esa jahon chempionini jamoada saqlab qolmoqchi, ammo hamma narsa faqat
Pogbaning bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

 

"Soccer.ru" saytidan Jamshidjon Mahmudov tarjimasi

Kiritildi: 19:05, 10.08.2021.
O'qildi: 4744 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.