Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» yarimhimoyachisini sotib yuborishi mumkin

«Tottenxem» yarimhimoyachisini sotib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

«Tottenxem» futbolchisi Tanguy Ndombelening klubdagi taqdiri hamon noaniqligicha qolmoqda. «Athletic» nashrining xabar berishicha, fransuz futbolchisi jamoani tark etishi ham mumkin.

24 yoshli pleymeyker Eshpiritu Santu qo‘l ostida hali biror marta maydonga tushirilmadi. Mavsumoldi o‘yinlari davom etayotgan bir paytda bu juda ham shubhali ko‘rinadi. Chunki futbolchi mutlaqo sog‘lom va maydonga tushishga tayyorligini bildirgan.

U 2019 yilda 55 million funt evaziga «Lion»dan xarid qilingan. Jamoaning sobiq murabbiyi Mourinyo Ndombeleni qattiq tanqid qilgan edi. Agar futbolchi transferga qo‘yilsa, «Inter» klubi asosiy da’vogar bo‘lishi aytilgan.

Manba: futaa.com
Kiritildi: 10:53, 12.08.2021.
O'qildi: 1978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.