OFK kalendariga muvofiq, 30 avgustdan 7 sentyabrga qadar Osiyoda milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi.
FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ushbu muddat mobaynida Toshkent va Stokgolm shaharlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
Shuningdek, yig‘in davomida vakillarimiz Shvesiya milliy terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahsga 5 sentyabr sanasida Stokgolmdagi «Friyends» stadioni mezbonlik qiladi.