Braziliyaning «Atletiko Mineyro» klubi hujumchi Diyego Kosta bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
Shartnoma bandlari esa hozircha oshkor qilinmadi. Avvalroq 32 yoshli futbolchi braziliyaliklar bilan 1 yillik shartnoma va 2,6 mln yevro yillik maosh borasida kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.
Kosta 2020 yilning dekabr oyida «Atletiko» safini tark etgach erkin agent maqomida edi.