Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Legionerlar. Masharipovning omadli debyuti, Shomurodov, Sergeev va Tursunovdan gol. Odil Ahmedov jamoasi esa mag‘lub bo‘ldi

Legionerlar. Masharipovning omadli debyuti, Shomurodov, Sergeev va Tursunovdan gol. Odil Ahmedov jamoasi esa mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Chet el klublarida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar ortda qolgan haftada o‘z jamoasi safida navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazdi.

Italiya.

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Roma» navbatdagi nazorat o‘yinida Marokashning «Raja» klubiga qarshi o‘tkazdi. Rimliklar raqib darvozasiga javobsiz beshta gol urdi. Eldor Shomurodov uchrashuvda hisobni ochdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Xitoy.

«Chanjou Mayti Layons» 14-tur bahsida «Shandun Tayshan» bilan o‘ynadi. Odil Ahmedov jamoasi 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan Ahmedov 71-daqiqada zaxiraga olindi.

Doston Tursunov harakat qiladigan «Chunsin Lyanszyan» safarda «Shenchjen»ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 33-daqiqasida Tursunov hisobni ochdi. Biroq maydon egalari bunga ikkita gol bilan javob qaytarib, g‘alabani ilib ketdi. Doston uchrashuvda to‘liq harakat qildi.

Saudiya Arabistonida mavsum boshlandi. Jaloliddin Masharipovning «An-Nassr»i dastlabki turda 13 avgust kuni «Damak» klubiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda Ar-Riyod klubi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Maydonda to‘liq harakat qilgan Masharipov jamoasining ikkinchi goliga assistentlik qildi.

Janubiy Koreya.

«Kanvon» 25-tur uchrashuvida «Tegu»ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Rustam Ashurmatov ushbu bahsda to‘liq harakat qildi.

Jamshid Iskandarov harakat qiladigan «Sonnam» klubi esa «Suvon» maydonida mehmon bo‘ldi va 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Jamshid uchrashuvning 25-daqiqasida maydonga tushdi va jamoasining ikkinchi goliga hammuallif bo‘ldi.

Key-Liga 2 musobaqasida harakat qilayotgan Ikrom Aliboyevning «Tejon Sitizen» klubi safarda «Ansan»ni 2:0 hisobida taslim etdi. O‘zbekistonlik yarim himoyachi uchrashuvda to‘liq harakat qildi.

Belarus.

«BATE» 19-tur doirasidagi o‘yinda «Minsk»ni qabul qildi va minimal hisobdagi (1:0) g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shahboz Umarov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 84 daqiqa harakat qildi.

Shahzod Ubaydullayev va Bobur Abduxoliqov harakat qiladigan «Energetik-BGU»ning «Sputnik» jamoasiga qarshi o‘yini o‘tkazilmadi. «Energetik-BGU»ga texnik g‘alaba yozildi.

Qozog‘iston.
«Tobol» mamlakat Kubogi 1/8 finalida «Atirau» jamoasiga qarshi bahs yuritdi. Uchrashuvning 58-daqiqasida Igor Sergeev o‘rtadagi muvozanatni tikladi. Keyinchalik kostanayliklar yana ikkita gol urib, g‘alaba qozondi va chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Sergeev uchrashuvda to‘liq harakat qildi.

Kuvayt.

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Kuvayt SK» o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. Qatarning «Al-Marhiya» jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda kuvaytliklar 4:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Sardor Rashidov bitta golli uzatma amalga oshirdi.

«Spartak M»dan «Ufa»ga qaytishga yaqin turgan Oston O‘runov RPL qaydnomasidan o‘rin olmagan va moskvaliklarning o‘yinlarida ishtirok etmayapti. «Legiya»da harakat qilayotgan Jasur Yaxshiboyev ham jamoasining o‘yinini o‘tkazib yubordi. Aziz G‘aniyev («Shabob al-Ahli») esa jamoasi bilan yangi mavsum boshlanishini kutmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:29, 17.08.2021.
O'qildi: 5990 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.