Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Bahrom Haydarov: "Umid qilamanki, bu oxirgi g‘alabamiz emas"

Bahrom Haydarov: "Umid qilamanki, bu oxirgi g‘alabamiz emas"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Surxon" - "Mash’al" (1:0) uchrashuvidan so‘ng termizliklar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugungi o‘yinga yigitlarni yaxshi tayyorlashga harakat qildik. Ko‘rganingizdek, umuman boshqacha tarkib tushdi. Yutayotgan tarkibimizdan bir kishi o‘ynadi, lekin bu ikkinchi tarkibligini bildirmaydi. Jamoamizda raqobat kuchli ekanligidan dalolat bermoqda. Muhim g‘alaba bilan muxlislarni tabriklayman. Bevosita o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, ilk daqiqalardan qarshi hujumda o‘ynamoqchi edik. Bu foyda keltirdi. Ishimiz osonlashdi. Keyingi bosqich masalasi bitta o‘yinga bog‘liq edi. Umid qilamanki, bu oxirgi g‘alabamiz emas. O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz", – deydi Bahrom Haydarov.

Manba: https://t.me/Mashal_uzbekistan
Kiritildi: 22:15, 17.08.2021.
O'qildi: 2797 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик