Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Shuhrat Maqsudov: «Bunyodkor»ni hokimlik hisobiga o‘tkazmoqchi bo‘lishgani uchun jamoa qiyin ahvolga tushib qoldi»

Shuhrat Maqsudov: «Bunyodkor»ni hokimlik hisobiga o‘tkazmoqchi bo‘lishgani uchun jamoa qiyin ahvolga tushib qoldi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Bunyodkor" va "Navbahor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg‘ochlar" bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov qatnashadi.

"Bugun jangovar o‘yin ko‘rdik. Lekin har doimgi gapimni aytib, futbolchilarimizga rahmat aytmoqchiman. Barcha xodimlarimizga rahmat. Uch oydan buyon oylik olmayapmiz, klubdagilar ham o‘yinni o‘ylashyapti, ham boshqa xarajatlarni o‘ylashyapti. Homiyimiz avval jamoaga tayanch bo‘lib, katta yordam berayotgandi, endi klubni hokimlikka o‘tkazmoqchi bo‘lishdi, jamoa qiyin ahvolda qoldi. Bugungi o‘yin uchun yigitlarga rahmat, "Navbahor"ga esa keyingi o‘yinlarda omad tilayman.

Qaysidir jamoa kuchli futbolchilarni olib kelib, ularga suyanadi. Men esa hozir tarkibimizdagi futbolchilarga ishonch bildiraman. Bugun ham ayrim yoshlarga mahorat yetishmadi. Lekin hozirgi holatimiz shunday.

Yigitlarga hisobni saqlab qolish uchun ko‘rsatma bermagandim, albatta, natijani ham o‘ylaymiz. Futbolchilarga tanaffusda aytdik, "Navbahor" yutqazayotgani sabab oldinga o‘tishi aniq edi, shunga qaramay, yigitlarga eng yaxshi himoya hujum ekanligini tushundirdik. Atayin himoyaga yotib olganimiz yo‘q. Hamma jamoalar qatori biz ham raqibni o‘yindan oldin o‘rganamiz. Busiz iloji yo‘q. Jamoamizning bu yilgi seleksiya juda zo‘r bo‘lmagan, shu bois, iloji boricha maydonga tushib, muxlislarni xursand qilib, g‘alaba qozonishga intilishni xohlaymiz", — dedi Maqsudov.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:06, 20.08.2021.
O'qildi: 2707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик