Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Ulug‘bek Baqoyev: «Lokomotiv» penaltidan gol urganida o‘yin taqdiri o‘zgarib ketgan bo‘lardi»

Ulug‘bek Baqoyev: «Lokomotiv» penaltidan gol urganida o‘yin taqdiri o‘zgarib ketgan bo‘lardi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi 1/8 finalida «Lokomotiv» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng «So‘g‘diyona» bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— O‘yin haqida.
— Qiyin o‘yin bo‘lishini bilgandik. Kubok o‘yini bo‘lgani bois sizda faqat bitta imkoniyat bo‘ladi. To‘g‘risini aytsam, o‘yin oldidan hayajon bor edi. Yigitlarga samarali harakatlarni amalga oshirganliklari va g‘alaba uchun rahmat aytaman. «Lokomotiv» penaltidan gol urganida o‘yin taqdiri o‘zgarib ketgan bo‘lardi. Bu ruhiy tarafdan ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi deb o‘ylayman. «Lokomotiv» ketma-ket ikkinchi o‘yindirki oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib yubormoqda, albatta, bu psixologik jihatdan qiyin. Ularga keyingi o‘yinlarda omad tilayman.

— Kubok o‘yini chempionat bahslaridan farq qiladi. Bugun shu sezildimi?
— Yo‘q, bugun farq sezilmadi. Bir-biriga munosib jamoalar o‘yin o‘tkazishdi. Esingizda bo‘lsa, chempionatda 0:0 o‘ynagan edik. O‘shanda yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi. Bugun ham shunday bo‘ldi. O‘yin teng kurashlar ostida kechdi.

— «So‘g‘diyona»ning O‘zbekiston kubogidagi maqsadi?
— Maqsadimiz – imkon qadar oxirigacha borish.

— Javohir Qahramonovning o‘yini haqida qanday fikrdasiz? Umuman olganda, «So‘g‘diyona»ning qaysi o‘yinchilarini terma jamoa darajasida deb aytolasiz?
— Bilasizmi, kimnidir maqtash yoki yerga urish niyatim yo‘q. Men uchun hamma bir xil. Kim terma jamoadan chaqiruv olsa, o‘sha futbolchi uchun xursand bo‘laman. Futbolchilarimiz terma jamoada munosib o‘yin ko‘rsatishlari uchun ular bilan astoydil ishlashga urinamiz.

— Chorak finalda «Nasaf» raqiblik qiladi. Qanday o‘yin kutyapsiz?
— Keyingi o‘yinimiz «Qizilqum» bilan bo‘ladi. Avval o‘sha o‘yinga tayyorlanamiz, keyin boshqa o‘yinlarga.

— O‘yin paytida qo‘shimcha bo‘limlarga tayyor turganmidingiz?
— Ha, o‘yin vaqtida ham, o‘yingacha ham bunga tayyor turgandik.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 22:43, 20.08.2021.
O'qildi: 2810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик