Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Ravshan Ermatov O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bilan uchrashdi

Ravshan Ermatov O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Kiyev shahridagi xalqaro xotira turnirida ishtirok etishi haqida xabar bergandik.

«JAR» majmuasida o‘tkazilgan so‘nggi nazorat o‘yiniga O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurib, yosh futbolchilar bilan uchrashdi va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Server Jeparov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbat qurdi va kerakli ko‘rsatmalar berdi. Ushbu avlod keyinchalik 2028 yilgi Olimpiadaga borishi mumkinligi sababli O‘FA tomonidan hozirdan tayyorgarlik jarayonlariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Ravshan Ermatov ertaga Ukraina poytaxtiga yo‘l oladigan o‘smirlar terma jamoamizga omad tilab, xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilish muhim ekanligini ta’kidladi.

“Sizda kelajakda Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylanish imkoni bor. Ana shu orzuga yetishish uchun hozirdan o‘z oldingizga yuqori maqsad qo‘yishingiz kerak. Bunga iroda, sabr, intizom kabi hislatlarni namoyish etib, eng muhimi, tinmay mehnat qilgan holda erishish mumkin”, deya ta’kidladi Ermatov.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston U16 terma jamoasi 25-30 avgust kunlari Kiyev shahrida tashkil etiladigan xalqaro turnirda Turkiya, Slovakiya va Gruziya o‘smirlari bilan «B» guruhdan joy olishdi. «A» guruhida esa Bolgariya, Belarus, Ukraina va Armaniston jamoalari bahs olib borishadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 09:14, 24.08.2021.
O'qildi: 1842 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик