Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Yangi jamoalari safida o‘zini ko‘rsata olgan futbolchilar. Lukakudan Shomurodovgacha

Yangi jamoalari safida o‘zini ko‘rsata olgan futbolchilar. Lukakudan Shomurodovgacha

Baho:
+ | -

2021-22 mavsum ham start oldi. Yevropa top-5 chempionatlarida allaqachon bir qator qiziqarli o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Yozgi transferlar oynasida yangi xaridlarni amalga oshirgan klublar safida yangi futbolchilar allaqachon maydonga tushib ulgurdi. Keling, yangi jamoasining ilk o‘yinlarida ajoyib taasurrot qoldirgan futbolchilarga to‘xtalib o‘tamiz. 

Xakan Chalxanoglu ("Inter")

Italiya A Seriyasining ayni damda bir turi ortda qoldi. Birinchi turda sobiq chempion "Jenoa"ni yirik 4-0 hisobida mag‘lub etdi. "Milan" safida ko‘p mavsumlar o‘tkazgan Chalxanoglu yozda "neradzuri" safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi va birinchi o‘yinidayoq gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Turkiyalik futbolchi kamyob turdagi yarimhimoyachilardan hisoblanadi. O‘ylashimcha, u "Inter"da albatta, o‘z o‘yinini topadi va jamoa yetakchilaridan biriga aylana oladi. 

Jek Grilish ("Manchester Siti")

"Aston Villa" klubi yetakchisi bo‘lgan Jek Grilish yozgi transferlar oynasida "Manchester Siti" klubiga 117 million yevro evaziga kelib qo‘shildi. U uchun chindan ham katta pul sarflandi va "shaharliklar" bu borada tavakkal qildi. Ilk o‘yinda angliyalik yarimhimoyachi "shporlar"ga qarshi maydonga tushdi. Debyut bahsda u va jamoasi gol ura olmay, "Tottenxem"ga mag‘lub bo‘ldi, ammo ikkinchi o‘yinda "Manchester Siti" "Norvich"ni 5-0ga mag‘lub  etdi va bu o‘yinda Grilish o‘zining yangi jamosidagi ilk golini urdi. Bu shunchaki kichik muvaffaqiyat. Undan hali ko‘p narsa talab etiladi. 

Memfis Depay ("Barselona")

Lionel Messi "Barselona"ni tark etdi va endi ko‘p narsalar avvaligdek bo‘lmaydi. Endi bu klubga uning o‘rnini bosa oladigan yetakchilar kerak. Aguero, Depay kabi futbolchilar yozda "ko‘k-anorranglilar" safiga kelib qo‘shildi. Ulardan endi ko‘p narsa kutilayotgan bir paytda, argentinalik futbolchi jarohat oldi. Grizmanni ham endi yaxshi o‘yin ko‘rsatib ketishi aytilayotgan edi. Ikki tur yakunida biz o‘sha-o‘sha Antuanni ko‘rmoqdamiz. Depay esa Kataloniya klubi safida ilk ikki o‘yinni ajoyib tarzda o‘tkazdi. Birinchi turda o‘z hisobiga assist yozdirib qo‘ygan niderlandiyalik futbolchi, "Atletik"ga qarshi bahsda o‘z goli bilan jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Menimcha, u yangi lider bo‘lish uchun yaxshi nomzod. Eskisi kabi bo‘la olmasa ham, harna-da.

Romelu Lukaku ("Chelsi")

Italiyani yondirib tashlagan Romelu yana Angliyaga qaytdi. "Chelsi" 115 million yevro sarflab, belgiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. "Men hech narsani isbotlagani qaytmadim. Shunchaki, futbol o‘ynagani qaytdim", - dedi uning o‘zi. Ha, u porfessional va o‘z ishini ustasi. Ilk turda 28 yoshli forvard maydonga tusha olmadi, ammo ikkinchi turda London derbisida tushib, gol urib, o‘z jamoasining muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi. Men "aristokratlar"ni tabriklayvergan bo‘lar edim. Ularda bir mavsumda 30 ta golni indamay ura oladigan futbolchi bor. 

Abraxam va Shomurodov ("Roma")

BU o‘ringa "Roma" xarid qilgan ikki futbolchini qo‘yishni afzal ko‘rdim. Ha, Shomurdov o‘rtoqlik o‘yinida, Konfederasiyalar kubogi doirasidagi o‘yinda va A Seriya ilk turida ham o‘z hisobiga samarali harakat yozdirib qo‘ydi. Abraxam esa ilk "Fiorentina"ga qarshi bahsning o‘zidagina maydonga tushdi, ammo u ham 2 ta assist muallifi bo‘ldi. Ko‘pchilik yangi mavsum "bo‘rilar" hujum chizig‘ida raqobat vujudga kelishini kutmoqda. Kimdirlar ularning birgalikda harakat qilishini xohlaydi. Men ham 2-variant tarafdoriman. Shu tufayli, men Mourinyodan farqli o‘laroq ular ikkalasini yonma-yon qo‘yishni afzal ko‘rdim. 

 

                                          Xudayqulov KARIM tayyorladi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:03, 24.08.2021.
O'qildi: 6858 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.