Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Kilian Mbappe transferiga oid eng so‘nggi yangiliklar

Kilian Mbappe transferiga oid eng so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe avgust oyidayoq Madridning «Real» klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Parijliklar klubi fransiyalik futbolchini mo‘may pul evaziga qo‘yib yuboradimi yoki 2022 yilda tekinga ketishiga qo‘yib beradimi? «Daryo» Mbappe atrofidagi eng so‘nggi insaydlarni bir joyga jamladi.

RMC Sport’ga ko‘ra, «PSJ» Mbappega «5+1» ko‘rinishidagi shartnoma taklif qilgan. Unga ko‘ra maosh sezilarli darajada oshirilgan (hozirda yiliga 30 mln yevro atrofida), biroq miqdor Messi va Neymarnikidan kamroq. Bu variantni Mbappe rad etgan.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, «PSJ» uni ushlab qolish va kelasi yil tekinga qo‘yib yuborish variantidan voz kechish arafasida. Mbappe borasida «PSJ» hozircha faqat APL klubidan (nomi oshkor qilinmagan) taklif olgan. «Real» rasmiy taklif bilan chiqmagan.

Parijda «B reja» ham bor. Agar Mbappe ketadigan bo‘lsa, jamoa uning o‘rnini «Everton» forvardi Risharlison bilan to‘ldirmoqchi.

Marca va AS xabariga ko‘ra, «PSJ» 31 avgustga qadar Mbappeni sotib yuborish variantini inkor etmayapti, asosiy variant — «Real». Parij klubi Qatardan javob kutmoqda, so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda u yerdan javob kelgan. Avvalroq Mbappening «PSJ»dagi kelajagini Qatar amiri va «PSJ»ning egasi Tamim bin Hamad at-Tani hal qilishi aytilgandi.

Madrid nashrlarining qo‘shimcha qilishicha, Kilianning «Real»ga transferi Krishtianu Ronalduning «PSJ»ga o‘tishini tezlashtiradi.

Foto: Marca

DirectoGol Mbappe «Real»ga o‘tishini aytmoqda. Unga ko‘ra, Kilian madridliklar safidagi debyut o‘yinini 11 sentyabr kuni «Santyago Bernabeu»ga kechadigan «Selta»ga qarshi bahsda o‘tkazadi.

Carpio Marca: «Real» Mbappe uchun 150 million yevro taklif qiladigan bo‘lsa, «PSJ»da uni kelasi yili tekinga qo‘yib yubormaslik uchun rozi bo‘lishdan boshqa iloj yo‘q. Madridliklar ham buni yaxshi tushunib turibdi.

Ispaniyalik jurnalist Xosep Pedrerolga ko‘ra, «Real» 2022 yilga qadar kutib o‘tirmoqchi emas va Mbappeni shu yozda qo‘lga kiritmoqchi. «Madridliklar Mbappedan faxrlanishi kerak, u kamroq pul evaziga bo‘lsa-da «Real» uchun o‘ynash istagida. Mbappedan bundan ortig‘ini talab qilib bo‘lmaydi. U Madridga kelish uchun barcha ishni qildi», — deydi Pedrerol.

Cadena COPE esa bu transferga pessimistik ruhda qaramoqda. Radio jurnalisti Pako Gonsalesning qayd etishicha, Mbappening «Real»ga transferini bu yozda amalga oshirish deyarli imkonsiz. Mbappening xohishi va harakatlari hech narsa bermaydi. Hammasini Qatardan keladigan «xat» hal qiladi.

Ko‘plab nashrlar bu hafta «qaynoq» bo‘lishi qayd etmoqda. Katta ehtimol bilan Mbappe Madridga keladi. Oy boshida Messidek super yulduzidan ayrilgan ligada yangi taniqli nom paydo bo‘lishi katta ehtimol. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:29, 24.08.2021.
O'qildi: 13387 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик