«Lion» forvard Serdar Azmun transferi bo‘yicha «Zenit»ga birinchi taklifni yubordi.
Fransiya klubi eronlik uchun 11 mln yevro taklif qilgan deya ma’lumot berdi L'Equipe.
Qayd etilishicha, piterliklar 26 yoshli o‘yinchini 20 mln yevroga baholashmoqda.
Joriy mavsum, Azmun Rossiya chempionatida 5 o‘yinda 4 gol urishga erishgan.